Forbes jurnali eng badavlat IT-ishbilarmonlari ro‘yxatini e’lon qildi
30.08.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari bozorida eng badavlat inson Microsoft rahbari Bill Geyts (Bill Gates)dir. U mashhur Forbes jurnali tuzgan reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

forb_30_08_2015

Uning sharhlovchilari Geyts $79,6 mlrd. mablag‘ga ega deb baholamoqdalar, bu nafaqat IT-sohasida, balki butun jahonda katta ko‘rsatkichdir. Eng badavlat IT-ishbilarmonlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni softver korporatsiyasining sobiq bosh direktori va ta’sischisi Larri Ellison $50 mlrd. mablag‘i bilan egalladi. Uchinchi o‘rinni yetakchi sifatida Amazon onlayn-megamarketi rahbari Amazon Jeff Bezos egalladi, Bezosning hisobida $47,8 mlrd. mavjud.

Uning ortidan jahonga eng yirik ijtimoiy tarmoq — Facebookni yaratgan Mark Sukerberg (Mark Zuckerberg) o‘zining $41,2 mlrd.ga teng mablag‘i bilan, Google asoschilari Larri Peyj ($33,4 mlrd.) hamda Sergey Brin ($32,8 mlrd.), shuningdek, Xitoy davlatida Alibaba internet-imperiyasini tashkil etgan Jek Ma (Jack Ma)lar tashkil etadi. U xitoylik eng badavlat ishbilarmon hisoblanadi.

Forbes jurnali ma’lumotiga muvofiq texnologik industriyada faoliyat yurutuvchi eng badavlat ayol Applening asoschisi Stiv Jobs (Steve Jobs)ning bevasi Loren Pauell Jobs (Laurene Powell Jobs) bo‘lib, uning hisobidagi mablag‘ $21,4 mlrd.ni tashkil etadi.

Mazkur reytingda faqat bir rossiyalik milliard egasi — DST Global investitsiyalar jamg‘armasi asoschisi Yuriy Milner o‘rin olishga muyassar bo‘lgan. Uning hisobida $3,3 mlrd. bo‘lib, ro‘yxatdan 62-o‘rinni egallagan.

Manba: www.forbes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq