Epson EcoTank printeriga kartrij sotib olishning hojati yo‘q
30.08.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

epson_30_08_2015

Siyohi purkalib otiladigan printerlar noxush xususiyatlaridan biri, muntazam ravishda, yangi kartrij sotib olish zarurati bo‘lib hisoblanadi. Bu, ayniqsa, agar foydalanuvchi hujjatlarni ko‘p bosib chqaradigan bo‘lsa, ancha qimmatga tushadigan jarayondir.

Epson kompaniyasi mazkur muammo yechimini EcoTank printeri ko‘rinishida tayyorladi. Kompaniya EcoTank printerining besh turini taqdim etdi, ularning barchasi bir kartrij bilan ko‘p yillar bo‘yi xizmat qiladi. Ularning yagona kamchiligi siyohi uchun katta sig‘imli idish bo‘lib, kichik ofislar uchun noqulaylik tug‘diradi. Epsondan ta’kidlashlaricha, printer rezervuari sig‘imi 20 kartrijga to‘ladigan siyoh bilan ta’minlangan. Mazkur hajm qurilmadan ikki yil mobaynida foydalanishga yetarli bo‘ladi. Siyohi qolmaganda, rezervuar sig‘imi siyohga to‘ldirilishi mumkin. Jamlanma EcoTank printeri va turli rangli siyohli qo‘shimchalar bilan narxi $52ni tashkil etadi, bu esa har safar almashish kerak bo‘ladigan kartrij bahosidan arzondir.

epson_30_08_2015_1

Ta’kidlash zarurki, EcoTank qurilmasi oddiy printerdan qimmat turadi. Taqdim etilgan Expression ET-2500 EcoTank All-in-One modellarining eng arzon narxi, skaneri bilan $400ni tashkil etadi. Mazkur model uyda foydalanishga mo‘ljallangan. Rezervuarining sig‘imidagi siyoh 6500ta rangli yoki 4000ta oq-qora nusxa bosib chiqarishga yetarli bo‘ladi.

epson_30_08_2015_2

Qimmatroq modeli ET-4550 faksga ham ega qurilmaning narxi qog‘oz uzatish Ethernet moslamasi bilan $500dan iborat. Yangi mahsulotning eng qimmat turi — WF-R4640 WorkForce Pro bo‘lib, uning narxi — $1200ga tengdir.

Manba: www.theverge.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq