BenQ XR3501 monitori 1000 dollarga baholandi
30.08.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

benq_30_08_2015

BenQ kompaniyasi XR3501 o‘yin monitorini sotuvga chiqardi, bu haqda tarmoq manbalari axborot berdi. Bu safar shlab chiqaruvchi texnik ko‘rsatkichlarining to‘liq ro‘yxatini va panel narxini e’lon qildi. Yangilik diagonali 35 duym va 2560 x 1080 piksel razresheniyega ega (tomonlarining muvofiqligi — 21:9).

Yorqinligi 300 kd/m2, kontrastligi — 2000:1ga teng. Gorizontal va vertikal burchaklari ko‘rinishi 178 darajaga ega. Monitor botiq shaklda. Buning evaziga o‘yin jarayonida yanada qulaylik taqdim etiladi. Jumladan, sahnani tomosha qilishda taassurot kuchayishi hamda ko‘rish maydonining kengayishini ta’minlaydi.

benq_30_08_2015_1

Yangilanish chastotasi 144 Gts.ga teng. Matritsaning javob berish vaqti kul rang tusli oraliqda o‘tishida — 4 ms. Xabar manbalariga ulanish uchun HDMI va DisplayPort interfeyslari nazarda tutilgan.

Low Blue Light texnologiyasi moviy rangda yoritgich intensivligini kamaytirishga yordam beradi, bu esa ko‘rish apparatiga yuklamalarni qisqartirish hamda ko‘z charchashini kamaytirishga yordam beradi. Flicker-Free tizimi tasvir noaniqligini bartaraf etishga javob beradi. Black eQualizer funksiyasi evaziga qorong‘u sahnalar aniq va ortiqcha yorug‘lik mavjudligi kabi nuqsonlar kamayadi. BenQ XR3501 monitorini taxminan 1000 AQSH dollariga sotib olish mumkin.

Manba: www.techpowerup.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq