Avtomobillar uchun ishoralar asosida ishlaydigan «аqlli» o‘rindiq
30.08.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Germaniyaning Fraungofersk instituti tadqiqotchilari Isringhausen kompaniyasi bilan hamkorlikda sensorli ishoralar boshqaruvi asosida amal qiladigan avtomobil o‘rindig‘i prototipini ishlab chiqdilar.

avto_30_08_2015

O‘rindiqning yon tomonlarida maxsus sensorli paneli mavjud. Bu haydovchi barmoqlari harakatini qayd etuvchi pezodatchik, va datchiklaridir. O‘rindiq holatinni boshqarish tizimini faollashtirish uchun ma’lum bir sensorli nuqtaga tegish kerak — bu tasodifiy ishga tushib ketishdan himoya qiladi. Shuningdek, barmoq bilan tegib, o‘rindiq holatinni ruli, pedaliga nisbatan, bundan tashqari, orqa suyanchig‘ini gorizontal, vertikal va diagonal yo‘nalishda hamda uning balandligini o‘zgartirish mumkin. Amalga oshirilgan sozlashlar uning xotirasida saqlanadi, zarur bo‘lganida — undan ma’lumotlarni olish ham mumkin. Buning uchun boshqaruv tizimini faollashtirish nuqtasini belgilanganidek bosish zarur. Tanlab olingan ko‘rsatkichlar haqida svetodiodli indikatsiya xabar beradi. An’anaviy tugmali boshqaruv tizimidan voz kechish evaziga taklif etilayotgan yechim avtomashina haydovchisi qulayligini oshirishi ko‘zda tutilmoqda. Yangilikning bozorga chiqarilishi vaqti hozircha ma’lum emas.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq