Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining bir guruh xodimlari soha mukofotlari bilan taqdirlandi
29.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_29_08_2015

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajaga yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlari Vazirlikning buyrug‘iga ko‘ra kasbga oid “Mohir aloqachi”, “Faxriy yorliq”, “O‘z kasbining ustasi” idoraviy mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Shu munosabat bilan 2015-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida tantanali yig‘ilish va mukofotlarni topshrish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Mustaqillik yillarida har jabhada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi va rivojlanib borishi, mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangani yaqqol namoyon bo‘lmoqda deya ta’kidlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dasturlar mamlakatimizda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalarni amalga oshirish imkonini yaratdi. Bu vazifalarning bajarilishida o‘z kuchi va bilimini ayamagan soha hodimlarining hissasi alohida e’tirof etildi.

Idoraviy mukofotlar bilan taqdirlangan soha xodimlarining to‘liq ro‘yxati “Xabar” gazetasining 2015-yil 28-avgustdagi 35-sonida chop etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq