“O‘zbekiston markalarida sport” turkumining chiqarilishi haqida
27.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 20 avgustdan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.

Pochta markalari Glazgo (Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tadigan Gimnastika bo‘yicha jahon chempionatiga hamda Pekin (KHR) shahrida bo‘lib o‘tadigan Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan.

Pochta markalarida: ustunga tayanib sakrayotgan gimnastka hamda balandlikka sakrayotgan sportsmen fragmentlari tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 37×37 mm. Adadi 10 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

pochta_27_08_2015_3

№ 1137

pochta_27_08_2015_4

№ 1138

1137.“Gimnastika bo‘yicha jahon chempionati. Glazgo”. Nominali — 1200 so‘m
1138.“Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati. Pekin”. Nominali — 1500 so‘m

Dizayner — Kaneves E.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq