“O‘zbekiston florasi” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
27.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

pochta_27_08_2015_2

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 20 avgustdan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududlarida o‘sadigan noyob o‘simliklar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90×90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

pochta_27_08_2015

№ 1134

pochta_27_08_2015_1

№ 1135

1134. «Amygdalus» (Bodom). Nominali – 1300 so‘m
1135.«Dipsacus laciniatus» (To‘ng‘iztaroq tikanagi). Nominali – 1500 so‘m

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.

pochta_27_08_2015_2

№1136

1136. «Thermopsis alterniflora» (Термопсис). Nominali – 3200 so‘m

Pochta blokining adadi 7 ming nusxa.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq