Interaktiv xizmat orqali ro‘yxatdan o‘ting
27.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-sonli Qarori davlat soliq xizmati organlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, qarorga muvofiq, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot tizimlarini loyihalashtirishda zimmalariga yuklatilgan funksiya va vazifalar doirasida tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun majburiy tartibda shart-sharoitlar yaratilishi belgilangan.

Darhaqiqat, ayrim hollarda jismoniy shaxslarning soliq to‘lovchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun soliq idoralarga tashrif etish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday hollarda fuqarolarning vaqtini tejash, yo‘l xarajatlari va navbatda turish kabi boshqa noqulayliklarni oldini olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish» interaktiv xizmati joriy etildi. Ya’ni, soliq idoralariga bormasdan mazkur xizmatdan foydalanib, davlat ro‘yxatidan o‘tishi va soliq to‘lovchi identifikatsiya raqamini olish imkoniyati yaratilgan.

Fuqarolar soliq to‘lovchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun, rasmiy soliq.uz saytida joylashtirilgan «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish» interaktiv xizmati bo‘limi tanlanadi. So‘ngra tegishli maydonchalarga pasport ma’lumotlarini kiritib, pasport nusxalarni yuklagan holda «yuborish» tugmasini bosish kifoya bo‘ladi.

Mazkur interaktiv xizmati orqali jismoniy shaxsning elektron arizasi doimiy yashash joyidagi hududiy davlat soliq inspeksiyaga yuboriladi. Davlat soliq inspeksiyada — «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar hisobga olish bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish» interaktiv xizmati bo‘yicha mas’ul xodimi tomonidan kelgan arizalar ko‘rib chiqilib ijroga qaratiladi va natijasi bo‘yicha arizachining elektron manziliga yuboriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq