CLICK kompaniyasining “Avtoto‘lov” xizmati UCELL abonentlari uchun ham ishga tushdi!
25.08.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi “Avtoto‘lov” xizmatining kengayganligi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi. Endi UCELL mobil operatorining abonentlari ushbu xizmatdan foydalanishlari va natijada, yaqinlari bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lishlari mumkin!

Ushbu xizmat mobil aloqa raqamining balansi ma’lum darajadan ($1 yoki $0.1) kam bo‘lgan paytda uni avtomatik ravishda, plastik karta hisobidan istalgan paytda to‘ldirib, abonentning balansini doimiy ravishda, ijobiy holatda ushlashga imkon beradi. Xizmat foydalanuvchilarining qulayliklari uchun “Avtoto‘lov” xizmatining sozlashlarida CLICK tizimi foydalanuvchisining hisobidan o‘tkaziladigan avtomatik to‘lovlarning bir nechta summa variantlari joriy qilingan.

Xizmatni ulatish CLICK tizimining USSD-menyusi orqali (*880#) amalga oshiriladi. Xizmat bir marta sozlangach, undan keyin foydalanuvchining ishtiroki talab qilinmaydi. Tizim ko‘rsatilgan mobil aloqa raqamining balansini avtomatik tarzda to‘ldirib, foydalanuvchiga amalda oshirilgan to‘lov haqida ma’lumot beradi.

“Ushbu xizmatning kengayganligi va UCELL kompaniyasining abonentlari balans to‘ldirishning shunday ajoyib usuliga ega bo‘lishi kompaniyamizning CLICK tizimi foydalanuvchilari uchun o‘z to‘lovlarini amalga oshirishida maksimal qulayliklar yaratishga qaratilgan maqsadlarining yaqqol namunasidir”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining rahbari Ulug‘bek Rustamov.

CLICK tiziminining foydalanuvchisi sozlashi mumkin bo‘lgan avtoto‘lovlarning umumiy soni cheklanmagan (USSD-menyu orqali kirganda texnik cheklovlar sababli ekranda birinchi 9 raqam ko‘rsatiladi).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq