O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali
21.08.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

365_21_08_2015

Portal O’zbekiston Respublikasi davlat organalari faoliyati ochiqliligini ta’minlash, fuqarolarning erkin axborot olish imkoniyatini yanada oshirish va jamoat nazoratini amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini o’stirish, yoshlarning o’zbek xalqi uchun muhim bo’lgan tarixiy sanalar borasida bilimlarini boyitish shuningdek “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va Internet tarmog’ida milliy segmentni boyitish maqsadida ishga tushirildi.

365_21_08_2015

Portal http://365.gov.uz/ O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rasmiy tadbirlar va muhim siyosiy voqealar, O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan tarixiy sanalar va xalqaro darajada ahamiyatli bo‘lgan kunlar borasida ma’lumotlarni o‘z qamroviga olgan.

Portalda foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalangan holda har bir ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi portal xizmatlari o‘ziga qulay holda sozlab olishlari mumkin. Foydalanuvchilar mavjud ma’lumotlarni sohalar yoki tashkilotlar kesimida ko‘rishlari uchun mavjud sozlamalardan foydalanishlari mumkin.

Mening kalendarim sahifasi foydalanuvchilarga muayyan erkinliklar yaratib beradi, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar Mening kalendarim sahifasida mavjud voqea va tadbirlarni o‘zlariga kerakli shaxsiy kabinetida umumlashtirish imkoniga egadirlar.

Tarixiy sanalar ruknida asosan O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan tarixiy voqealar ko‘rsatib o‘tilgan.

Sport ruknida O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tilishi rejalashtirilgan turli musobaqalar, sport uchrashuvlari, ko‘rgazmali chiqishlar va boshqa sport tadbirlari ko‘rsatib boriladi.

Tavallud kunlar ruknida o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanishida o‘z xissasini qo‘shgan buyuk allomalar, davlat va madaniyat arboblarining tavvalud topgan kunlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Ko‘rik tanlovlar ruknida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshishi rejalashtirilgan mamlakat, mintaqa va xalqaro darajadagi nufuzli ko‘rik tanlovlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Davlat tashkilotlarida ruknida foydalanuvchilar bevosita davlat va xo‘jalik boshqaruv organlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan turli tadbirlar haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Dunyoda ruknida esa xalqaro va butunjahon kunlari, xalqaro ahamiyatga ega voqea va hodisalar bo‘lib o‘tish sanalari, shuningdek xalqaro darajadagi sport va madaniy tadbirlar haqida ma’lumotlardan iborat.

Ko‘rgazmalar ruknida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan iqtisod, madaniyat va ijtimoiy sohalardagi turli ko‘rgazmalar va shu kabi tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Bayramlar ruknida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrmalar borasidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq