Davlat Test Markazi va CLICK kompaniyalaridan ajoyib yechim — O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining natijalarini mobil telefon orqali bilish imkoni!
18.08.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi Davlat Test Markazi bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushirgani haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi.

dtm_17_08_2015

Joriy yilning 1-avgust kuni mamlakatimizning 600 mingdan ziyod yoshlari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirdilar. Shu kunlarda barcha abituriyentlar sinov natijalarining e’lon qilinishini intizorlik bilan kutmoqdalar.

dtm_17_08_2015_1

Ishga tushirilgan xizmatlar imtihon natijalari borasida ma’lumot olish tartibiga qulaylik kiritish maqsadlariga qaratilgan bo‘lib, abituriyentlarga, o‘z uylarini tark etmagan holda, mobil telefonlari yordamida USSD-so‘rovlar yoki ommabop “Telegram” birlahzalik xabarnomalar ilovasi orqali sinov natijalarini bilib olish imkonini beradi.

Natijalarni USSD-so‘rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo‘lgan menyuda “DTM-2015” bandini tanlash, so‘ngra tizim yo‘riqlarini bajarish lozim.

Natijalarni “Telegram” ilovasi orqali olish uchun kontaktlar ro‘yxatiga DTM robotini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shish va unga /start buyrug‘ini jo‘natish kerak. Shundan so‘ng robot til tanlashingizni va boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotni so‘raydi (batafsil ma’lumot ilova qilingan yo‘riqnomada).

dtm_17_08_2015_2

“Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish payti ortda qoldi va barcha abituriyentlarni hozirgi paytda, kirish imtihonining natijalari nima bo‘lgan ekan, degan yagona savol qiziqtirib kelmoqda. Fursatdan foydalanib, barcha abituriyentlarga yana bir bor omad tilab, shuni aytmoqchimanki, CLICK kompaniyasi ushbu natijalarni istalgan paytda va istalgan joyda olish uchun barcha zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib berishga harakat qildi”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining rahbari Ulug‘bek Rustamov.

dtm_17_08_2015_3

Ikkala xizmat ham kerak bo‘lgan ma’lumotni olishda xizmatdan foydalanish va boshqarishni osonlashtirish uchun interaktiv tarzda tuzilgan. Imtihon natijalari Davlat Test Markazidan olingandan keyin avtomatik ravishda yuboriladi. So‘rov qiymati 1500 so‘m.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq