Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi
14.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Joriy yilning iyul oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 146 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan YIDXP orqali taqdim etilayotgan 723 ta interaktiv davlat xizmatlari to‘laqonli amalga oshirilayotganligi, qolgan 26 ta interaktiv davlat xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan to‘liq amalga oshirilmayotganligi aniqlandi.Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq