Inha universiteti Prezidenti ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
14.08.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

inha_14_08_2015

11 avgust kuni Aloqa tarixi muzeyida Koreya Respublikasining Inha universiteti Prezidenti Sunya Choy xonim boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida tashrif taassurotlari, xulosalari va istiqboldagi rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

inha_14_08_2015_1

Matbuot anjumandia ommaviy axborot vositalari vakillariga Toshkent shahridagi Inha universitetida amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan istiqboldagi rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining jadal rivojlanayotgani mazkur sohada malakali kadrlarga ehtiyojni oshiradi. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan faoliyatini boshlagan Toshkent shahridagi Inha universiteti kompyuter hamda dasturiy injiniring sohalarida kadrlar tayyorlaydigan yetakchi ta’lim muassasasi hisoblangan Janubiy Koreyadagi Inha universitening yurtimizdagi bo‘limidir.

Universitetda o‘quv jarayoni hukumatimiz ko‘magi va Koreya Respublikasining hamkorligi evaziga xalqaro talabalar asosida tashkil qilingan. O‘quv zallari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, mashg‘ulot va muhokama xonalarida mutaxassislik bo‘yicha zarur bilimlarni olish uchun imkoniyatlar mavjud. Shuni alohida qayd etish lozimki, universitet jahonning eng so‘nggi, yuqori texnologiyalari asosida ishlaydigan, mamlakatimizdagi eng yirik data-markaz – ma’lumotlar saqlanadigan qurilma bilan ta’minlangan. Talabalar bu yerda eng so‘nggi texnologiyalar asosida ta’lim olishadi.

Tashrif mobaynida koreyalik delegatsiya a’zolari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

– Toshkent shahridagi Inha universitetining tashkil qilinishi, bu universitetning Koreya Respublikasining xorijdagi ilk universiteti ekanini hisobga olsak, bu mamlakatlarimiz o‘rtasida AKT yo‘nalishidagi mustahkam hamkorlikning yorqin ifodasidir. – deydi Sunya Choy xonim. – Universitetda yaratilgan qulayliklarni ko‘rib, mamnun bo‘ldik va yana bir bor mazkur ta’lim maskanidan yaqin kelajakda iqtidorli, bilimli mutaxassislar yetishib chiqishiga ishonch hosil qildik. Biz universitetning moddiy-texnik va intellektual bazasini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida, universitet rahbariyati bilan qator hamkorlik memorandumlarini imzoladik. Shuningdek. Universitet pedagoglarining, umuman o‘zbekistonlik shu yo‘nalishda bilimini magistratura, aspirantura hamda doktorantura yo‘nalishida davom ettirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashni ham maqsad qilganmiz. O‘ylaymizki, taqdim etilgan 2,6 mingdan ziyod o‘quv kitob va qo‘llanmalari talabalarga puxta bilim olishlariga ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, koreyalik delegatsiya tashrifi davomida bir necha vazirlik va idoralarda, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lishdi, muzey hamda diqqatga sazovor joylarda bo‘lib, yurtimiz ilmiy-madaniy salohiyati bilan tanishdi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq