BestSoft Challenge tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
10.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatiga doir dasturga muvofiq, 2015 yilning 10 mayidan 11 sentabriga qadar 25 yoshgacha bo‘lgan dasturchilar o‘rtasida «Best Soft Challenge» dasturiy ta’minot mahsulotlari tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «Kamolot» YoIH, «BePro» dasturchilar markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «Samsung Elektroniks» kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlanadi.

  1. Elektron tijorat yo‘nalishida eng yaxshi ishlanma (shaxsiy kompyuterlar, mobil qurilmalar uchun ilovalar hamda veb-ishlanmalar).
  1. Ta’lim sohasi uchun eng yaxshi loyiha (shaxsiy kompyuterlar, mobil qurilmalar uchun ilovalar hamda veb-ishlanmalar).
  1. Kompyuter, brauzer hamda mobil o‘yinlar ishlanmasi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib loyiha 10 million so‘m miqdoridagi sovrinni qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish onlayn rejimda www.software.uz veb-saytida 20 avgustga qadar davom etadi. Kechikib ro‘yxatdan o‘tgan loyihalar tanlovda ishtirok eta olishmaydi.

Tanlovning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashda «UZINFOCOM» Markazi mutaxassislari hamkorlik qilishmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq