Ochiq ma’lumotlar portalida — Samarqand hududi
09.08.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida Samarqand viloyati hokimligi tomonidan taqdim etilgan o‘ndan ortiq yo‘nalishdagi ma’lumotlar joylashtirildi.

sam_9_08_2015

Ushbu ma’lumotlar yo‘nalish jihatidan quyidagilardir:

  •  “2015-yil yanvar-martda Samarqand viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari”,
  •  “Samarqand viloyatidagi mahalliy davlat boshqaruvi organlari”,
  •   “Samarqand viloyatidagi jamoat tashkilotlari”,
  •  “Samarqand viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari”,
  • “Samarqand viloyati haqida umumiy ma’lumotlar”,
  • “Sohibqiron Amir Temur bunyod etgan bog‘lar”,
  •  “2015- yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida ma’lumot”,
  •   “Samarqand viloyatining asosiy demografik ko‘rsatkichlari”,
  • “Samarqand viloyatidagi tarixiy-madaniy obidalar”.

Ma’lumotlar o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, musiqa anjumanida qatnashayotgan hamda Samarqand shahri hamda viloyati to‘g‘risida ma’lumot olish istagida bo‘lgan jurnalistlarga statistik qo‘llanma vazifasini bajara oladi.

Joriy yilning 20-martida ishga tushirilgan O‘chiq ma’lumotlar portalida bugungi kunda 50 ta idoradan 15 ta yo‘nalish bo‘yicha 511 ta ochiq ma’lumot joylashtirilgan. Yuklab olingan ma’lumotlar soni 66 392 tadir. Ochiq ma’lumotlar hudud, istisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, aholi, AKT, ko‘chmas mulk yo‘nalishlarida joylashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq