“Hududlarda АКТni joriy etish va rivojlantirishda Kompyuterlashtirish markazlarini o‘rni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusidagi seminarda Xorazm viloyati tajribasining o‘rganilishi
09.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_9_08_2015

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 1- fevraldagi “Joylarda kompyuterlashtirish markazlarini va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015- yil 25- martdagi 19-8/688 – son topshirig‘iga muvofiq joriy yilning 7-8- avgust kunlari Xorazm viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika o‘quv-amaliy seminari 7- avgustda Xorazm viloyati hokimiyatining kengashlar uyi binosida o‘z ishini boshladi.

O‘quv-amaliy seminarini Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Ro‘zmetov Rajapboy Rahimovich ochib berdi va hududlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hamda “Elektron hukumat” tizimlarini keng targ‘ib qilish nafaqat mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishi, balki fuqorolarimizning turmush darajasini ham bir pog‘ona yuksaltirishi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

uz_9_08_2015_1

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan respublika o‘quv-amaliy seminarining asosiy tashkilotchilaridan hisoblangan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Isayev Husan Nurullayevich so‘zga chiqib, ushbu seminarning maqsad va vazifalari xamda undan kutilayotgan amaliy natijalar to‘g‘risida so‘z yuritib ishtirokchilarga muvoffaqiyat tiladi.

uz_9_08_2015_2

Ta’kidlab o‘tamiz, “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda Kompyuterlashtirish markazlarini o‘rni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarining kun tartibiga hududlarda AKTni joriy qilish va rivojlantirishda Xorazm viloyati tajribasi, “Ochiq ma’lumotlar” portalini rivojlantirish masalalari, “Elektron hokimiyat” tizimini joriy etishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi va shu kabi dolzarb mavzular muhokamasi kiritilgan.

uz_9_08_2015_3

Seminar o‘z ishini 8-avgustda ham davom etirib, qatnashchlar hududlarda AKTni joriy etish va rivojlantirish, interaktiv xizmatlarni rivojlantirish hamda electron murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Xorazm viloyatining Yangibozor tumani hokimligi, xiva tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq