YIDXPda talabalar uchun qulayliklar
04.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_4_08_2015

2015-2016-o‘quv yilida talabalar uchun “Talabalar turar joyida yashash uchun onlayn ariza yuborish”, “Talabalr turar joyi uchun elektron to‘lov”, “Magistraturga kirish uchun onlayn ariza yuborish” kabi YIDXPda electron xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirildi.

Hozir Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida faqatgina “Abituriyentlarni hujjatlarni to‘plamini qaytarib olish uchun elektron ariza berish” xizmati joriy qilindi. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to‘plamini imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng qaytarib olish zaruriyati tug‘ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborish orqali amalga oshirishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o‘quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to‘plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko‘ra, abiturientga buyurtma pochta orqali hujjatlar to‘plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo‘lgan pochta bo‘limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanish www.my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqaligina amalga oshiriladi.

uz_4_08_2015_1

Bundan tashqari YIDXPda kelgusida joriy qilinadigan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tsak:

1. “Talabalar turar joyida yashash uchun elektron ariza yuborish” xizmati interaktiv xizmat hisoblanib, oliy ta’lim muassasalariga yangi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun mo‘ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan on-line tarzda ariza berishlari va bo‘sh yashash o‘rni mavjudligi to‘g‘risina ma’lumot olishlari mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015-2016- o‘quv yili boshida (test sinovlari e’lon qilingandan so‘ng) foydalanish mumkin.

2. “Talabalar turar joylari uchun elektron to‘lov” interaktiv xizmati oliy ta’lim muassasalariga yangi o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun mo‘ljallangan. Talabalar mazkur xizmatdan on-line tarzda ariza berishlari va oliy talim muassasasi tomonidan tashdiqlangandan so‘ng elektron to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Ushbu interaktiv xizmatdan 2015-2016- o‘quv yili boshida (test sinovlari e’lon qilingandan so‘ng) foydalanish mumkin.

3. “Magistraturaga o‘qishga kirish uchun online hujjat topshirish” interaktiv xizmati oliy ta’lim muassasalarining Magistratura bo‘limiga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonini olib boradi. Ushbu interakliv xizmatdan Bakalavr yonalishlarini tamomlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Xizmat kelgusida ishga tushadi. Bundan tashqari YIDXP orqali talabalar va OTMlari xodimlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbari qabuliga yozilishlari, unga o‘z murojaatlarini yuborishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq