“Korea Telecom” kompaniyasi tomonidan homiylik asosida Toshkent shahridagi Inha universitetiga 700ta kitob topshirildi
03.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2014-yil o‘z faoliyatini boshlagan Toshkent shahridagi Inha universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Bunga misol tariqasida, quyidagilarni keltirish mumkin: “Samsung” kompaniyasi universitet foyesidagi Ko‘rgazmalar shahobchasini jihozlab berdi; “Microsoft Corporation” kompaniyasi esa talabalarga turli xil dasturlardan bepul foydalanish huquqini berdi; “LG” kompaniyasi esa universitetni eng so‘nggi rusumdagi LCD televizorlari bilan ta’minladi.

Bugun esa mazkur an’anani davom ettirgan holda “Korea Telecom” kompaniyasi tomonidan 700 dona kitob homiylik asosida Toshkent shahridagi Inha universitetiga topshirildi. Ushbu kitoblar axborot kommunikatsiya texnologiyalarining turli sohalarini qamrab olgan fanlarga oid bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining mashg‘ulotlar davomida foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.

“KT Global Business Promotion” kompaniyasi vitse-prezidenti professor Kim Yun Djening qayd etishicha, mazkur kitoblar talabalarning dunyoqarashini kengaytirib, ta’lim jarayoni muhitining yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti “Korea Telecom” kompaniyasiga homiylik yordami uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Shu bilan birga, nafaqat xorijiy kompaniyalar, balki mahalliy tashkilotlar ham mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimiz orasida munosib o‘rin tutuvchi universitetimiz talabalarining davr talabiga mos, yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga befarq emasliklarini namoyish etib, nufuzli oliy ta’lim muassasamizga o‘z moddiy va homiylik yordamlarini ayamasalar, behad xursand bo‘lardik!

Ma’lumot o‘rnida
“Korean Telecom” – simsiz aloqa bo‘yicha Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalaridan biridir. O‘zbekistonda 1997-yildan buyon “East Telecom” va “Wimax” kabi yuqori tezlikdagi hamda LTE asosida simsiz internet xizmatlarini taqdim etuvchi EVO kompaniyalarini boshqarib keladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq