«Texnoprosistem» MCHJ  direktori  Faxritdin Rahimov bilan suhbat
02.08.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

tps_28_07_2015

TPS kompaniyasi O‘zbekiston internet-xizmatlari bozorida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Mana 15 yildan buyon abonentlarimiz va hamkorlarimizga sifatli Internet xizmatini taqdim etish bo‘yicha faoliyat yuritamiz. Kompaniya xodimlari muntazam ravishda, kompaniyaning barcha xizmatlari turlaridan foydalanish qulayligi uchun sharoit yaratib, ajoyib va zarur xizmatlarini ishlab chiqadi.

Yuridik shaxslar o‘z hujjat aylanmasini yengillashtira oladilar va vaqtni tejab, ishni yaxshilovchi «Elektron hisob-fakturasi», buxgalteriya hujjatlarini elektron shaklda darhol olish xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar TPS Internetidan foydalanadilar, kompaniyamiz abonentlari bo‘lishlari va manfaatli shartlar hamda uy Interneti maxsus imtiyozlar asosida tarif rerjalaridan foydalanishlari mumkin.

Jismoniy shaxslar «SMS-xabar» (abonentning oldindan to‘lovli trafigi tugaganligidan xabar beruvchi xizmat), «Internet-paketlar» (30 kunlik muddatga qo‘shimcha megabaytlar, «Ishonchli ulanish» (qandaydir sabab bilan Internetga o‘z vaqtida to‘lov amalga oshirilmaganida yordam beradi) kabi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

tps_28_07_2015_1

Har yili yangi tarif rejalarini amalga kiritamiz va eskilarini takomillashtiramiz. O‘zgarishlarimiz texnika taraqqiyoti darajasi hamda abonentlar ehtiyojiga muvofiq keladi. Har bir abonent o‘zining barcha talablariga javob beruvchi tarif rejani tanlab oladi.

Mamlakatimiz viloyatlarida Internetni ravojlantirish uchun abonentlar takliflariga muvofiq maxsus yangi «Jet Micro» tarif rejasi ishga tushirildi. Tarmoqda tungi serfingni yoqtiradigan ishqibozlar uchun Night Ultra limitsiz tarifi qatorini kengaytirish taklif etildi va «Tungi drayv» xizmati ishlab chiqildi, bu abonentlarga foydalanayotgan tarif rejasidan qat’iy nazar, Internetdan cheklovsiz trafik asosida tun bo‘yi 2 mbit/s. tezlikda foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, «Jet Unlim» tarif rejasida ham o‘zgarishlar kiritildi: Internet tarmog‘iga ulanish tungi tezligi 2 Mbit/s.dan oshdi, trafik bo‘yicha cheklov esa to‘liq olib tashlandi.

Xodimlarimiz ichki  resurslarni ko‘rib chiqib, takomillashtirib boradilar, ular orasida quyidagilar: player.uz (ko‘plab videotekalari soniga ega  videoportal), topmusic.uz (musiqiy portal, melomanlar uchun ajoyib manba), megasoft.uz (SHK uchun eng zarur dasturlar portali), playboys.uz (o‘yin portali) keng ommalashib bormoqda. Saytlar ustida mutaxassislardan tarkib topgan katta jamoa ish yuritmoqda, har kuni kontentni boyitib, materiallar berib boradilar. Saytlar dizayni muntazam takomillashtirilib, almashtirilib, yangilanib boriladi.

O‘tgan yarim yillikda TPS kompaniyasi uchun juda sermahsul yil bo‘ldi. Ko‘plab vazifalar muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi, kompaniya ko‘p marta yoshlar tadbirlarida homiylik qildi, shuningdek,  yangi tarif rejalarini, xizmatlar va loyihalarni joriy etdi. Ko‘plab reja va vazifalar amalga oshirildi, uskunalar takomillashtirildi.

Kompaniya Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, xayriya aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya «Mehr qanotlari» nomi ostida o‘tkazildi va hamkorlarimiz ishtirokida, birgalikda tanlovlar o‘tkazilishi bilan davom etdi. Kompaniya xodimlari bolalar uchun haqiqiy bayram tashkil etdilar va viktorina, diskotekalar tashkil etib, bepul muzqaymoq bilan siyladilar. Eng faol ishtirokchilarga kompaniyadan sovrinlar va tanlov ishtirokchilariga supersovrinlar: Samsung plansheti, Erkatoy o‘yinchoqlar do‘konidan sertifikat hamda Lokomotiv ko‘ngilochar bog‘iga sovg‘a kartalari taqdim etildi.

tps_28_07_2015_2

Shuni ta’kidlash zarurki, 2015-yilda TPS kompaniyasi, 2014-yildagidek, an’anaviy ICTExpo axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida ishtirok etadi. 2014-yildagi ICTExpo O‘zbekiston ko‘rgazmasi doirasida  Milliy uz domeni Internet-festival o‘tkazilgandi. 22-sentabr kuni mazkur festivalda TPS kompaniyasi www.uz nominatsiyalarida uchta sovrin olishga muyassar bo‘lgandi:

  • Player.uz — Eng yaxshi mavzuli sayt;
  • Topmusic.uz —Tarmoq servislari sohasida eng yaxshi korporativ sayt;
  • Tps.uz — Eng yaxshi korporativ sayt.

Bundan tashqari, hakamlar hay’ati kompaniya bosh saytini yuqori bahaladi va unga «Eng yaxshi korporativ sayt» nominatsiyasida ikkinchi o‘rin berildi. 2015-yilning birinchi yarmida  kompaniya bosh saytini modernizatsiyasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, dizaynini o‘zgartirish rejalashtirilgan, interfeysi yanada oson va navigatsiyasi qulaylashtiriladi.

2015-yilning birinchi yarmi natijalari yil kompaniya uchun samarali bo‘lishidan darak bermoqda. Oldinga qo‘yilgan vazifalar, jumladan, mavjud abonentlarning sodiqligini oshiruvchi va yangilarini jalb etuvchi mavjud tarif rejalarining o‘zgartirilishi, yangi loyihalar, aksiya va tanlovlar o‘tkazilishi amalga oshiriladi.

Yuqorida tilga olinganlarga shuni qo‘shimcha qilish zarurki, TPS kompaniyasi – ishga bo‘lgan munosabatda mas’uliyatlilikka asoslangan uzoq yillar mobaynida orttirilgan tajriba, ko‘p sonli mutaxassislar jamoasi va o‘z tarixiga ega.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq