O‘zbekistonda Softline kompaniyasi direktori Rustam Toshov bilan suhbat
02.08.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

soft_28_07_2015

Softline – Rossiya, MDH, Lotin Amerikasi, Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorida ishlab, IT-yechimlari va servislarni global yetkazib beruvchi yetakchilardan biridir. Biz dasturiy ta’minotning litsenziyalanishi, IT-infrastrukturalarini samarali qurish uchun apparatli ta’minot va xizmatlarning to‘liq texnologik IT-yechimlari kompleksini taqdim etamiz. Kompaniyamiz rivojlanishining asosiy yo‘nalishi infrastrukturali va biznes-yechimlar IT-servislari bo‘lib qolmoqda.

2015-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda Softline qator yirik tashkilot va xoldinglarda IT-infrastrukturasini takomillashtirib, Microsoft, Fujitsu, VMware, NetApp, Adobe, Laboratoriya Kasperskiy va boshqa vendorlarga yechimlarni jalb etgan holda, loyihalarni amalga oshirib, samaradorlikni 16 foizga oshirishga erishildi. Doim mijoz tomonida bo‘lib, brendidan qat’iy nazar, uning vazifalarini eng yaxshi ravishda amalga oshiruvchi yechimlarni taqdim etamiz.

Kompaniya ekspertizasida IT-ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikning oliy maqomiga va ishonchiga ega ekanligi tasdiqlandi. O‘zbekistonda Softline Fujitsu va NetApp mualliflashgan servis-markazi ekanligi, shuningdek, Kasperskiy Laboratoriyasi hamda Infowatch mahsulotlarining texnik qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Biz har qanday murakkab lohihalarni amalga oshira olamiz.

Bundan tashqari, o‘quv markazlarimiz – Softline Education faoliyati ham rivojlanmoqda. Markaz murabbiylari nafaqat murabbiylik, balki amaliy faoliyatda ham boy tajribali, sertifikatga ega mutaxassislardir. Softline Education barcha o‘quv kurslari mualliflashtirilgan. O‘qish yakunlanishi bilan xalqaro IT-mutaxassis sertifikati beriladi. O‘qish jadvali barchaga qulay etib, mijoz talabiga ko‘ra tashkil etiladi. Markazda ko‘plab tashkilotlar o‘z xodimlarini o‘qitganlar, O‘qishni xohlovchilar ro‘yxati doim o‘sib bormoqda.

Joriy yilning ikkinchi yarmida servislarimiz yo‘nalishlarini faol rivojlantirishni rejalashttirganmiz. Biz uchun nafaqat shunchaki soft mahsulotlari yoki uskunali ta’minotni yetkazib berishga mo‘ljallangan, balki tashkilotlar IT-arxitekturasi to‘liq «apdeytiga» yo‘naltirilgan loyihalar ham qiziqarlidir. Bunda asosiy talab – byudjetni qisqartirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish, xodimlar ish samaradorligini oshirish, IT-infrastrukturalarning himoyalanganligi hamda oddiy biznes-jarayonlarning o‘zgarishidir. Softlineda yechimlar va xizmatlar sohasida ekspertiza jamlangan bo‘lib, sanab o‘tilgan barcha yechimlarni ta’minlashga qaratilgan.

Hozirgi davrda butun dunyoda mobil va bulut texnologiyasi, Big Dataning rivojlanish odimlarini kuzatmoqdamiz. Bizning mintaqa ham bundan istisno emas. Muntazam ravishda, IaaSga intilmoqdamiz, Big Datani joriy etish sohasida qadam qo‘ymoqdamiz. Biroq keskin harakat qila olmaymiz, sohamizda barcha ishlar bosqichli ravishda amalga oshiriladi.

Softline kompaniyasi o‘z biznesini mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori sifatni qo‘llab-quvvatlagan holda rivojlantirish hamda kengaytirish, o‘z mijozlari qiziqishlariga yo‘naltirilgan kompaniya bo‘lib qolishga intiladi. Erishgan natijalarimizda to‘xtab qolmaymiz, menejment sohasida ham, biznes sohasida ham ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda texnologiyalarni rivojlantirishni takomillashtirish sohasida doimo ish olib boramiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq