О‘zbekistonda Huawei kompaniyasi Bosh direktorining o‘rinbosari Genri Min bilan suhbat
02.08.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

huawei_28_07_2015

— Iltimos, joriy yilning birinchi yarmida, О‘zbekistonda Huawei kompaniyasi ish faoliyatining natijalari haqida so‘zlab bersangiz

2015-yil birinchi yarmida kompaniyamiz faoliyatida ko‘plab muhim ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo, «O‘zbektelekom» AK bilan hamkorlikda UZMOBILE GSM tarmog‘i qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni alohida ta’kidlamoqchi edim. 15-aprel kuni o‘tkazilgan ochilish marosimida kompaniyasi vitse-prezidenti janob Van Xua ishtirok etib, o‘z chiqish so‘zida, Milliy mobil operatoririning ishga tushirilishi O‘zbekiston aholisiga aloqa va Internet xizmatlardan foydalanishlarida keng imkoniyatlar taqdim etishda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yaqqol namoyon etilishidir, bu esa so‘zsiz jamiyat, iqtisodiyot, umuman davlat taraqqiyotida aks etadi, deya ta’kidladi. Mazkur loyiha bilan bir qatorda kompaniyamiz mutaxassislari hamkorlarimiz bilan birgalikda bir qancha loyihalarni amalga oshirdilar, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya industriyasi rivoji uchun quyidagi ishlarning ahamiyatini baholash qiyin – bular magistral optik tarmoqni  modernizatsiyalash, mobil va mutlaq tarmoqlar va boshqalarni kengaytirishdan iborat. 2015-yil 24-iyun kuni Huaweining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro «davra suhbati»da ishtirok etganidan mamnunmiz. «Davra suhbati» doirasida Huawei biznes konsaltingi bo‘yicha prezidenti Pol Maykl Skanlan tadbir ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otgan AKT rivoji bo‘yicha jahon tajribasi mavzusidagi ma’ruzasi bilan co‘zga chiqdi. Umid qilamizki, Huaweining tajriba va salohiyati O‘zbekistonda AKTning yanada rivojlanishiga yordam beradi.

huawei_28_07_2015_1

— Kompaniyangiz O‘zbekiston bozorida ko‘p yillardan buyon ishlab keladi. O‘z oldingizga qanday muhim vazifalarni qo‘ygansiz?
— О‘zbekiston Huawei uchun jahon bozorining dastlabkilardan biriga aylandi. O‘zbekistonda 15 yildan ortiq faoliyati mobaynida kompaniyamiz telekommunikatsiya sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi, AKT rivojiga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirib, aloqa operatorlari va yirik korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamladi. Bu yil O‘zbekistonda Huaweining yetakchi aloqa operatorlari bilan 15 yillik hamkorligi mavzusiga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bu mijozlarimiz ehtiyozlarini tushunish masalalari va umuman industriyamizning asosiy ko‘rsatkichidir. Kelgusida ham kompaniyamiz asosiy strategiyasi —  operatorlik va korporativ hamda iste’molchilik segmentlarida  innovatsion  yechimlarni taqdim etib, mijozlar uchun qadriyatlarni yaratish tamoyillarimizga amal qilamiz.

— Yilning birinchi yarmida Huawei erishgan natijalar bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Huawei kompaniyasi an’anaviy tarzda, Barselonada o‘tkazilgan Butunjahon mobil kongressi MWC-2015da faol ishtirok etdi, unda «Open ROAD Stoa Better Connected World» konsepsiyasi namoyish etildi. Unda jahonda ulangan eng oxirgi foydalanuvchi uchun xizmatlarning zarur sifatining asosiy quyidagi besh tashkil etuvchisi:

  • «real vaqtda aloqa» — Real-Time,
  • «talablar bo‘yicha xizmatlar» — On-demand,
  • «online rejimida barcha xizmatlar» — All-online,
  • «xizmatlarni mustaqil konfiguratsiyasi» — DIY
  • «ijtimoiylik» — Social (qisqartmasi — ROADS)ni qamrab olingan,

Huawei konsepsiyasi ochiq tarmoq ekotizimini yaratishga, AKT tarmog‘ini ilgari suruvchi jadal innovatsiyalarga, u bilan birga esa jamiyatni yangi  raqamli asrga o‘tishga yordam beradi. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur kongress doirasida Huawei «Eng yaxshi mobil infrastruktura»  nominatsiyasida LampSite yechimi uchun taqdirlandi.

huawei_28_07_2015_2

Yana bir necha e’tiborga sazovor ishlarni sanab o‘tish lozim:

  • Joriy yil mart oyida Huawei global aloqa operatorlari ommaviy bulutli servis bilan ta’minlash uchun Intel bilan hamkorlik qildi.
  • Huawei kengpolosali ulanish sohasida Rossiyada birinchi LTE Advancedni turli diapazondagi uch chastotani birlashtirib, testdan o‘tkazish uchun uskunalarni yetkazib beruvchiga aylandi.
  • «5G World Summit 2015» jahon sammitida Huawei kompaniyasi «5G rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun» sovrini, shuningdek, «NFV sohasida yilning eng yaxshi innovatsiya» sovrini bilan taqdirlandi.
  • Tarixda birinchi marta Huawei avtomobil tarmog‘i uchun aloqa texnologiyalari  sohasida Audi Group bilan hamkorlik o‘rnatdi.

Ijtimoiy-yо‘naltirilgan voqealardan Huawei «Infotelekom» Rossiyada xalqaro talabalar olimpiadasini, shuningdek, ITUning 150-yilligi sharafiga o‘tkazilgan olimpiadani qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlash mumkin.

— Yilning ikkinchi yarmida О‘zbekistonda Huaweining rejalari qanday?
— Yilning birinchi yarmidagi ajoyib natijalarga qaramay, hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshiradigan ko‘plab vazifalarimiz mavjud. Mamlakat ijtimoiy hayotida, kompaniyalar ishtirokida, AKT sohasida iqtidorlarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuskorlikni davom ettirishni rejalashtirganmiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq