Natijalar ma’lum bo‘ldi
02.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

ksbt_2_08_2015

Bugun yurtimizdagi barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganligi hech kimga sir emas. Turli jabhalarda o‘ziga xos axborot tizimlari joriy etilar ekan, zamon talablari asosida ish olib boruvchi kadrlar tayyorlash muhimdir.

Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi nashriyotlar va korxonalarida ham samarali olib borilmoqda. Jumladan, xodimlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini muntazam oshirib borishlari yo‘lida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va bir qator boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan. Ushbu hamkorlik natijasi o‘laroq, tizimdagi xodimlar uchun kompyuter savodxonligi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Unda tinglovchilar AKTga oid yetarlicha bilimlarga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi 289-sonli qaroriga muvofiq, kompyuter texnikasidan, davlat axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, tashkilot xodimlari bilimlari va ko‘nikmalari darajasining ishda kompyuter texnikasidan foydalanish bo‘yicha malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini Attestatsiyadan o‘tkazish amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha, 27-28 iyul kunlari, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining katta majlislar zalida tizimdagi tashkilotlar xodimlarining kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida attestatsiya tashkil etildi. Test natijalari haqidagi ma’lumot test amalga oshirilgandan so‘ng tezkor tarzda taqdim etildi.

Endilikda kompyuter savodxonligini baholash tizimi testlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar sertifikat bilan taqdirlanadi. Ushbu sertifikat egasida kompyuter savodxonligining zarur minimal darajasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, elektron va qog‘oz manbada hujjat tarzida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, zarurat bo‘lganda, sertifikat egasining elektron raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. Kompyuter savodxonligini baholash tizimi sertifikatining amal qilish muddati — besh yil.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, KSBT (Kompyuter Savodxonligini Baholash Tizimi, yoki kompyuter savodxonligini sertifikatlash tizimi) kompyuter texnologiyalari sohasidagi bilimlarning minimal darajasini aniqlashning on-layn sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimi hisoblanadi. KSBT tizimi, Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yaratilgandir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq