YIDXPda yil boshidan beri 19 ta xizmat turi joriy etildi
31.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

gov_31_07_2015

Bugungi kunga kelib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulangan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari, ularning tizim va hududiy bo‘linmalari soni 650 ta yetdi. Yil boshidan beri 27,4 mingta tadbirkorlik sub’ekti Internet tarmog‘i orqali portalda ro‘yxatdan o‘tgan, 170,8 ming bojxona yuk deklaratsiyalari (umumiy miqdordan 99,9%) elektron usulda rasmiylashtirildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq va statistika hisobotlari to‘laligicha elektron tarzda topshirilishiga erishildi.

Oliy xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron ko‘rinishda taqdim etilgan da’vo arizalari soni 1,7 martaga oshdi, 2398 ta sud yig‘ilishi videokonferensiya tartibida o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq