YIDXP orqali Toshkent viloyatida interaktiv xizmatlarning hayotda qo‘llanilishi
30.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_30_07_2015

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30- dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-sonli qarori ijrosini sifatli ta’minlash hamdajismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalaridan elektron ko‘rinishda foydalanishni ta’minlash maqsadida “my.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi.

Hukumatimiz tomonidan aholiga hamda tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoit yaratish, ko‘rsatilayotgan Davlat xizmatlarini Interaktiv tarzda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chiqarilayotgan qarorlari ijrosini sifatli hamda o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida viloyat hokimligining rasmiy www.toshvil.uz veb-portalida hozirgi kunda 59 ta interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shulardan 12 ta bazaviy hamda 47 ta qo‘shimcha interaktiv xizmatlar. Jumladan, 12 ta bazaviy hamda 24 ta qo‘shimcha interaktiv xizmatlar ikki tomonlama ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida,

    — tadbirkorlik sube’ktlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatiga olish;
    — tadbirkorlik sube’ktlarini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xizmatlar;
    — fermer xo‘jaligini ro‘yhatdan o‘tkazish uchun onlayn tarzda ariza berish;
    — avtomobil yonilg‘isini savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish;
    — gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash;
    — tadbirkorlik sub’ektlari gaz ta’minoti tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishga ariza yuborish;
    — kommunal xizmatlarini yetkazib berishdagi muammolar yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlarining elektron shikoyatlari;
    — tadbirkorlik sub’ektlari ehtiyojlari uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun buyurtma taqdim etish;
    — turistik litsenziya olish uchun onlayn tarzda buyurtma berish kabi interaktiv xizmatlar Toshkent viloyati rasmiy veb-sayti (http://www.toshvil.uz/) joylashtirildi.

“Tadbirkorlik sub’ektlarini internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yhatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish” bo‘yicha Toshkent viloyatidagi barcha shahar va tuman xokimliklari qoshidagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yhatga olish inspeksiyalari to‘liq internet tarmog‘iga ulandi. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi.

Aholi va tadbirkorlikka yanada qulaylik yaratish maqsadida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) yaratilgan bo‘lib, bu portal tadbirkorlar uchun zarur ma’lumotlar, jumladan, davlat ro‘yxatidan o‘tish va litsenziya olish, mavjud ruxsat beruvchi jarayonlar, moliya tashkilotlari xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatini bermoqda.

Shahar va tuman hokimliklari qoshidagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyalari”ga 2015 yilning 1-yarim yilligi davomida 2523 ta arizalar kelib tushgan, 2475 nafar tadbirkorlar internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 2013- yil 1- iyulda ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlar portali “my.gov.uz”orqali yo‘llangan fuqarolarning elektron murojaatlarini qabul qilish va ular bilan ishlash bo‘yicha viloyat shahar va tuman hokimliklarida mas’ul xodimlar tayinlangan bo‘lib, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan ishlovchi mas’ul xodimlarga parol va loginlar taqdim etilgan. Toshkent viloyati hokimligi, shahar va tuman hokimliklariga portal orqali kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilinishi, o‘rnatilgan tartibda javob berilishi hamda doimiy nazoratini olib borish va salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida kunlik statistik ma’lumotlar Kompyuterlashtirish markazi tomonidan «my.gov.uz» Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olib boriladi. Portalda rahbar qabuliga yozilish bo‘yicha fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish doimiy nazoratga olingan. Jumladan, interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2015- yilning 30- iyun holatiga viloyat hokimligiga jami 356 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 346 ta murojaat ijrosi ta’minlandi va 10 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2014- yil 5- maydagi «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini hamda davlat idoralarining ochiqligini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimligining rasmiy www.toshvil.uz veb-portalida ochiq ma’lumotlar reyestri shakllantirildi. Ma’lumotlar pasportlari ishlab chiqilib, Ochiq ma’lumotlar xavolasi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Hozirda 24 ta tashkilotlarning 100 dan ortiq ma’lumotlari joylashtirildi. Joriy yilning 30- aprel kuni Toshkent viloyati hokimligining kichik majlislar zalida viloyat hokimining barcha o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh va bo‘lim rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari axborot tahlil departamenti AKT rivojlantirish sho‘’basi mudiri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti loyihasi mutaxassisi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bo‘limi boshlig‘i, viloyat (bosh) boshqarma va tashkilotlar hamda viloyat «Kompyuterlashtirish markazi» barcha hodimlari ishtirokida «Toshkent viloyati hokimiyatida ochiq ma’lumotlar to‘g‘risida» yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-27- iyun kunlari Qashqadaryo viloyatida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi tomonidan «Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda Kompyuterlashtirish markazlarining o‘rni va ularga yaratilgan shart-sharoitlar» mavzusida navbatdagi respublika o‘quv-amaliy seminarida markaz rahbari va axborot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi qatnashdilar. Yig‘ilish davomida hozirgi kunda viloyat hokimligining rasmiy veb sayti orqali tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish borasida viloyat hokimligi yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekanligi, boshqa hokimliklarga nisbatan interaktiv xizmatlar soni ko‘pligi hamda saytda «Ochiq ma’lumotlar» sahifasi sifatli va talabga javob bera oladigan tarzda yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olib, Toshkent viloyati Kompyuterlashtirish markazi direktori S.Muzafarovning «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb sayti orqali tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga interaktiv xizmatlarni ko‘rsatish hamda «Ochiq ma’lumotlar»ni shakllantirish bo‘yicha Kompyuterlashtirish markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida» ma’ruzasi tinglandi.

Shu bilan birga Toshkent viloyatida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, viloyat yangiliklari facebook.com tarmog‘iga kiritilib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq