Qiziqarli fAKTlar
30.07.2015
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

akt_30_07_2015

AKT sohasida qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etib, navbatdagi sahifamizni Sog‘lom turmush tarzida AKTning o‘rni  mavzusiga bag‘ishlaymiz.

SOG‘LOM TURMUSH TARZI: ilovalar shifokorlarga tashrif buyurmay, yashashga yordam ko‘rsatadimi? 

Turli dasturlar ham jismoniy, ham psixologik zo‘riqishlardan davolash: ko‘zdagi muammolardan alkogolga qaramlikkacha kasalliklarda foydalanish imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda mobil ilovalar nafaqat ko‘ngilochish va qulaylik, balki odamlar hyotini yaxshilash uchun ham xizmat qilmoqda. Masalan, turli dasturlar ham jismoniy, ham ruhiy kasalliklardan davolashda foydalanilmoqda. Ko‘plab bemorlarda smartfonlar mavjud, shu sababli ham ilovalar yordamida organizmlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish, sog‘liqlarini yaxshilashda hatto o‘yinlardan ham foydalanish imkonini bermoqda.

Ilovalar foydalanishda juda qulay va aynan, bemorlarga salomatliklarini saqlashda birinchi qadamni qo‘yishda yordam beradi. Shunday foydali ilovalarga misol qilib, Breindebaas («Miya nazorati»)ni ko‘rsatish mumkin. Hozirgi vaqtda mazkur ilova ishlanmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Аlkogolga qaramlikda «Miyani foydali tozalash»

Tvente va Amsterdam universitetlarining olimlari yaratgan Breindebaas ilovasi odamlarga alkogol qaramligidan qutilish va o‘zining yomon odatidan voz kechishda yordam berishiga ishonadilar. Mazkur ilovada foydalanuvchi displeydagi alkogol ichimliklarini olib tashlashi va faqat alkogolsiz salqin ichimliklarnigina qoldirishi zarur.

Taqdiqotchilar Elske ter Veld Salemink (Elske ter Veld Salemink) va Marlus Postel (Marloes Postel)  ishlab chiqqan konsepsiya bo‘yicha ilova natijasida bemorlarning onglari ostidagi fikrlarini o‘zgartirib, o‘z tafakkurlarini yangilanishiga ishonadilar. Postel mazkur yangi yondashuvni «onlayn rejimida miyani foydali tozalash» deb atamoqda.

Shifokorlar shunga o‘xshash usullardan foydalanib keladilar, biroq ko‘proq ongli tafakkurga urg‘u beradilar. «Qaramlikdan qiynaladigan odamlar uchun, — deydi Postel, — ilova shifokorlarga tashrif o‘rnini bosuvchi oddiy va qulay usul bo‘lib, odamlarga ong osti tafakkurlarida yomon odatdan voz kechishga yordam beradi». Yaqin vaqtlarda ilova tayyor bo‘lib, foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

akt_30_07_2015_1

Wind Tales o‘yini respiratorli va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bola yoshidagi bemorlar uchun ishlab chiqilgan 

Jismoniy shaxslar uchun ishlangan hattoku, o‘yinli ilovalar yordamidan yanada yoqimli va samarali foydalanish mumkin. Bunga bir misol — niderland dasturchilari tomonidan tayyorlangan iOS uchun Wind Tales o‘yinidir. O‘yin respiratorli kasalliklariga uchragan o‘smir bemorlar uchun tayyorlangan bo‘lib, ular har kuni maxsus tibbiy uskuna—spirometr yordamida uzoq muddat nafas olish mashqlari majmuini bajarishlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi.

O‘yinni boshlash uchun spirometrni iPhone yoki iPadga ulash zarur. Ulangan qurilmaga nafas chiqarib, bemor: o‘yinda sakrab o‘tish yoki turli raketalarni uloqtirish bilan o‘yin qahramoni harakatlarini boshqaradi.

«Mazkur o‘yin yoqimli ko‘ngilochar vaqt o‘tkazish mashqlarini, yoqimsiz va toliqtiruvchi tibbiy jarayon bilan birga qo‘shib olib boorish imkonini beradi, — tushuntiradi ilovaning muallifi, Nil Vredeveldt [Niel Vredeveldt]. — Bemor o‘yin orqali spirometr bilan bog‘liq boshqa yoqimsiz jihatlarga kam e’tiborli bo‘lishini xohlaymiz». Dasturchi Nilning farzandi, uch yoshli qizi – Fler nevrologik kasalliklar asoratida yuzaga kelgan o‘pka kasalliklari bilan tez-tez qiynaladi.

akt_30_07_2015_2

Wind Tales o‘yini spirometr — o‘pkalardagi havo hajmini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan asbobning mobil qurilmasiga ulanishi asosida ishlaydi.

Boshqaruv panelida qayd etiladigan o‘yinning yutug‘i shundaki, shifokorga mashqlar vositasida natijalarni kuzatish imkonini beradi. Spirometrdan olingan ma’lumotlar ma’lum vaqt mobaynida, bemor o‘pkasining  funksiyalari yaxshilangani yoki yomonlashganini bildiradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar bilan tanishib, shifokor bemor davoga muhtojligi yoki tuzatuvchi terapiyaga ehtiyoji mavjudligini aniqlaydi.

O‘yin mukovistsidoza bilan qiynallayotgan bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, biroq ilovani astma va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga moslashtirish zarur. Radbaud Universiteti markazi mutaxassislari allaqachon Wind Talesni testdan o‘tkazdilar. Bu yil o‘yin Niderlandda sotuvga chiqariladi. Keyinroq Vredeveldtni boshqa mamlakatlarga sotuvga qo‘yish rejalashtirilgan. 

Dangasa ko‘zlar sindromi
Hozirgi kunda ko‘z kasalliklarda ham yordam ko‘rsatadigan o‘yinlar mavjud. Joriy yil mart oyida  Ubisoft kompaniyasi Dig Rush o‘yinlarining chiqarilishini ma’lum qilgandi. Uni o‘ynash maxsus uchun stereoskopik ko‘zoynak talab etiladi.

O‘yinning bosh qahramoni — ko‘rsichqon qimmatbaho boyliklarni kavlab olishi zarur bo‘ladi. Displeyning kontrastli fonida almashib turuvchi qizil va moviy chiziqli shakllar paydo bo‘ladi. Mazkur o‘yin yordamida bemor ko‘ruv koordinatsiyasin mashq qildiradi. Dig Rush o‘yini Makgill universiteti mutaxassislari tomonidan Amblyotech startap-kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. O‘yin11ta klinik tadqiqotlar natijasida testdan o‘tkazildi.

akt_30_07_2015_3

Dig Rush o‘yini yordamida bemor ko‘ruv koordinatsiyasini mashq qildira oladi.  Mazkur  Dig Rush o‘yini Makgill universiteti mutaxassislari tomonidan Amblyotech startap-kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

akt_30_07_2015_4

O‘yinning bosh qahramoni — ko‘rsichqon bo‘lib, u qimmatbaho boyliklarni qazib olishi zarur. Displeyda almashib turuvchi kontrastli fonda qizil va moviy rangli shakllar paydo bo‘ladi

Bemorlar shifokorlar tavsiya etgan bog‘lagichni taqib yurishga nisbatan mazkur o‘yinni o‘ynash ko‘proq samara berishi kutilmoqda. Bog‘lagichni harakat mushaklarini mustahkamlash uchun ko‘zga qo‘yadilar, biroq bu usul o‘zining kam samara berishini ko‘rsatdi. O‘yin yordamida davolanishda yana bir afzallik mavjud bo‘lib, bog‘lagichdan voz kechishga imkon beradi. Bolaning ko‘zlariga qo‘yilgan bog‘lagich bolaga bemalol erkin harakarlanishida yoki maktabda dars davomida xalaqit beradi. Bundan tashqari, Dig Rush o‘yin sifatida  AQSH hukumati tomonidan ham ma’qullangan bo‘lib, uni boshqa mamlakatlarda ham chiqarish rejalashtirilgan va shifokor tavsiyasiga muvofiq foydlanish imkoniyati beriladi.

Tinnitus
Dasturiy ta’minotdan tinnitus yoki quloqlar shang‘illashini davolashda foydalanish mumkin. Nemis Tinnitracks startap-kompaniyasi ishlab chiqargan metodika bemor kompyuterida saqlangan musiqani tinglashga asoslangan. Mazkur dasturiy ta’minot musiqiy yo‘lakchalardan jarangdor tovushlar chastotasini chiqarib tashlab, miyani ushbu musiqani boshqacha qabul qilishga majburlaydi. Metodikaning afzalliklaridan biri ilova bemorga yoqadigan musiqani qayta ishlab: dofamin gormoni yangilikni o‘zlashtirishga yordam beradi hamda davolash samaradorligini oshiradi.

akt_30_07_2015_5

Tinnitracks dasturi hozirgi davrda faqat kompyuterda ishlaydi. Musiqiy kompozitsiyani qayta ishlashdan keyin MP3 formatida mobil qurilmasiga o‘tkaziladi. Kelgusida mobil ilovalari ishlab chiqish rejalashtirilgan. Qayta ishlangan kompozitsiyani har kuni yarim soat mobaynida eshitishdan kasallik belgisi sezilarli darajada qisqarishi kuzatilmoqda.

akt_30_07_2015_9

Tonie van Ringelestijn
Toni van Ringelsteyn (Tonie van Ringelestijn) o‘zining dastlabki veb-saytini o‘smirlikda Internetga ulanish qulay bo‘lmagan  davrida yaratgan.  1999-yilda Niderlandda birinchi bloggerlardan biri sifatida faoliyat boshlagan. Shu vaqtdan boshlab texnologiyalar haqida va qator bosma nashrlar, jumladan, mahalliy Bright.nl uchun Internetda maqolalar chop etgan.

Teletibbiyot: shifokorlar va bemorlar orasidagi masofani bosib o‘ta oladi 
Keling, asosiy tushunchalardan boshlaymiz. «Тeletibbiyot — bu masofadan turib, bemorlarni davolashda foydalaniladigan telekommunikatsiya va axborot texnologiyalaridir. Uning evaziga bemor uchun davolanishda hech bir masofa to‘siq bo‘la olmaydi  va bemorlar tibbiy xiizmatlardan foydalana oladilar. Bu esa, ayniqsa,  yetib borish qiyin  bo‘lgan joylarda yashaydigan bemorlarga qulay imkoniyat tavsiya etildi. Bundan tashqari, favqulodda holatlarda, masofadan turib,  og‘ir ahvoldagi bemorlarning hayotini saqlab qolish imkonini beradi».

akt_30_07_2015_6

Yillar o‘tib, teletibbiyot yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy quroliga aylanadi.

Video aloqa uskunalari
WebEx va  Skype kabi video chaqiruv  ilovalari yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi aholi uchun tibbiy xodimlar bilan aloqada bo‘lishda eng yaxshi quroli bo‘lib hisoblanadi. Olis qishloq joylarga tibbiy xodim yetib kelishini kutish o‘rniga mazkur usuldagi tibbiy yordamdan darhol foydalanish mumkin, bu usul ko‘plab mamlakatlarda, masalan,  Braziliyada yo‘lga qo‘yilgan.

akt_30_07_2015_7

Tashxis vizualizatsiyasi mobil markazlari
Tashxis markazlarini rentgen uskunalari va tahlil olib tekshirish uchun to‘liq jihozlash qiyin bo‘lgan qishloq joylarda mobil tashxis vizualizatsiyasi markazlari va  laboratoriya turidagi punktlar olingan ma’lumotlrni yirik markazlarga jo‘natib, haqiqiy tashxis qo‘yilishida katta ahamiyatga molik bo‘ladi. Umuman olganda, shifokorlar bu imkoniyatga ega bo‘lib, haqiqatdan ham bemorni davolay oladilar. Kaiser Permanente kaliforniya notijorat tibbiy tashkiloti  mutaxassislari oyiga 800dan ortiq bemorni odatdagi qabul qilish usuliga nisbatan yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi aholi uchun yana 50 foizga ko‘proq bemorni qabul qilib, davolamoqdalar. 

Masofadan tekshirish
Video aloqa uskunalarining afzalligiga qaramay, favqulodda holatlarda, keksa odamlarga yoki surunkali kasalliklar hurujida va boshqa tibbiy holatlarda yangi texnologiyalar taqdim etadigan imkoniyatlar tezkor birinchi yordam ko‘rsatishda shifokorning o‘rnini bosa olmaydi. Shu maqsadda yangi zamonaviy qurilmalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning evaziga bemorlarning qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, uy sharoitida sog‘liqlarini muntazam kuzatib borish mumkin. Mazkur qurilmalar olingan ma’lumotlarni joriy nazorat markazlariga jo‘natadi, u yerda esa bemor salomatligi holati shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Shifokor jug‘rofiy jihatdan qanchalik oils masofada bo‘lsada, darhol zarur choralarni ko‘rib, hayot uchun muhim ko‘rsatmalarni berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu bemorlarning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlashda eng yaxshi imkoniyatdir.

akt_30_07_2015_8

Mahalliy ijtimoiy tuzilmalarning rivojlanishi uchun tibbiy uskunalar
Boshqa bemorlarga yordam bera oladigan bemorlar, — bu tibbiy yordam sohasini kengaytirishda ajoyib yondashuvdir. Ayrim hollarda bemorlarga professional tibbiy yordam zarurati bo‘lmaydi, balki boshqa bemorlardan ularga o‘xshash muammoga duch kelgan bemorning maslahat olishining o‘zi yetarli bo‘ladi. Elektron hamjamiyatlarning PatientsLikeMe.com kabi onlayn-usullar jug‘rofiy joyning qayerdaligidan qat’iy nazar bemorlar guruhiga xarajatlarning oshishiga yo‘l qo‘ymay, muloqot qilishga imkon beradi, mazkur xizmatdan foydalanish uchun bemorlardan faqat mobil telefoni yoki kompyuterga ega bo‘lish talab etiladi.

Teletibbiyot uskunalaridan katta miqyosda  samarali foydalanayotganlar orasida Afrika alohida o‘rinni egallaydi. Virtual Doctors — notijorat «Afrikaning qishloq hududlari uchun maxsus ishlab chiqilgan teletibbiyotning oddiy dasturiy ta’minoti bo‘lib, olisda joylashgan tibbiy yo‘riqchilar deb nomlanadigan maxsus tibbiy mutaxassislr va tibbiy ekspertlar guruhi o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam beruvchi va tashxis qo‘yish hamda davolash imkonini beradi».

Teletibbiyot borgan sari keng ommalashib bormoqda, aslida, ular, ayniqsa, qishloq joylarda shifokorlar o‘rnini bosa olmaydi, biroq u allaqachon tibbiy xizmatlardan darhol foydalanish va muntazam sog‘liqni parvarishlashda o‘z o‘rnini topmoqda. Shuningdek, yetib boorish qiyin bo‘lgan olis hududlarda darhol tibbiy xizmatlarga bog‘lanish imkonini ta’minlaydi. Ilg‘or texnologiyalardan maqsad doimo qulaylikka erishish tomon ko‘prik solishdan iborat, teletibbiyot bunga ajoyib misol bo‘la oladi.


akt_30_07_2015_10

Kurt de Buck
Intel faxriysi, uch farzandning otasi va innovatsion marketingning katta ishqibozi. Ilg‘or texnologiyalar imkoniyatlar doirasini kengaytiradi. Uning sevimli mavzularidan biri–yangi texnologiyalar evaziga ochiladigan istiqbollar. 

Manba: http://iq.intel.ru/

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq