Diskret – uzluksiz multimedia tizimlari
30.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Saida Beknazarova.

Diskret — uzluksiz tizim-tabiatan turli ko‘plab elementlar (matn, ovoz, audio, videolavha va boshqalar)dan, xususan, holati uzluksiz jarayonlar bilan ifodalanuvchi, cheklangan muddatli va elementli tizimni tahlili uchun hodisa ta’sir vaqtining muhim bo‘lmagan holatlarini diskret jarayonlar bilan ifodalovchi parallel va tarmoqlangan dinamik tizim hisoblanadi.

Multimedia tizimlari (MT) jamiyatda axborot resurslaridan foydalanish jarayonlarining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, ularning rivojlanish darajasi kasbiy bilimlarning oshishi izchilligi darajasi bilan ifodalanadi. Inson faoliyatining barcha sohalarida jarayonlarning jadallashishi, industrial ishlab chiqarishning murakkablashuvi, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot qonuniyatlari, bir tomondan, axborot bilimlariga bo‘lgan talabni tezkor oshib borishiga, ikkinchi tomondan, ushbu talablarni qondirish uchun yangi texnologiya va vositalarni yaratishni taqozo etdi. Ilmiy-texnikaning jadal rivojlanishi natijasida, turli ko‘rinishdagi diskret-uzluksiz axborotni saqlovchi, ishlov beruvchi va taqdim etuvchi zamonaviy AKT, texnikalar yuzaga keldi. MT va muvofiq innovatsion uslubiyatlarning yaratilishi, rivojlanishi diskret-uzluksiz axborot resurslariga ishlov berish jarayonlarida joriy etishning samarali usullarini tubdan o‘zgartirdi, multimedia tizimining barcha bosqichlarida axborot resurslarini qabul qilish, saqlash, taqdim etish, tizimlashtirish, qulay murojaat interfeysini qo‘llash jarayonlarini jadallashtirishi natijasida foydalanuvchi tomonidan axborot resurlarini to‘liq o‘zlashtirishi va anglashiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-mart «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-sonli Qarori zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter tizimlarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi birinchi navbatdagi masalalari belgilab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2011-yil 24-fevralda qabul qilingan PQ-1488 sonli Qarorida multimedia tizim va texnologiyalarini rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratilgan. Multimedia axborot tizimlarini qo‘llash sohalari kun sayin kengayib bormoqda. Bugungi kunda ular keng doirada o‘z amaliy tatbig‘ini topmoqda, o‘quv auditoriyalari, konferens-zallari, monitoring kompleks tizimlari, holatlar markazi va boshqaruv markazlari va boshqalar. Multimedia tizimining rivojlanishi uning arxitekturasini murakkablashini oshishi bilan xarakterlanadi. Multimedia tizimida harakatlanuvchi barcha jarayonlar diskret-uzluksiz xarakterga ega, natijada bunday avtomatlashtirilgan MT TIAV obyektlar sinfidan foydalanishga asoslangan TIAV konteynerlarini loyihalashning onlayn konstruktorlarini o‘z ichiga oluvchi modellarini, samarali algoritm va dasturiy majmualarini ishlab chiqish zarurati tug‘iladi.

Multimedia tizimlarini loyihalash masalalari, nazariyasi va muammolari holatinining tahlili TIAV-multimedia tizimlarining axborot, faoliyat, dinamik modellarini, samarali algoritmlari va dasturiy majmuasini tatbiq etishning tashkiliy tuzilmasini yaratishda ma’lum qiyinchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. TIAV-multimedia tizimlarida axborot resurslariga ishlov berishning diskret — uzluksiz jarayonlarini boshqarish tizimini loyihalash uchun muammoni yechishga yo‘naltirilgan dasturiy majmualar asosida samarali algoritmlar, matematik va axborot modellarini yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada, axborot resurslariga ishlov berishning diskret-uzluksiz jarayonlarini modellashtirish usullarini axborot resurslarning xususiyatlarini inobatga olib, raqam ko‘rinishida ifodalash borasida tadqiqotlar olib borilmoqda va quyidagi AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Hindiston, Fransiya, Turkiya, Izrail, Kanada, Janubiy Koreya, Singapur, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan ma’lum bir darajadagi yutuqlarga erishilgan. Multimedia texnologiyalari AT’ning izchil rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda ko‘p sonli yirik va o‘rta firmalar, texnik universitetlar, markazlar, multimedia studiyalar izchil faoliyat yuritib kelmoqdalar (xususan, IBM, APPLE, MOTOROLA, Kaleidscape, JAGUAR LAND ROVER, AverMedia, HYUNDAI, Dynavin, Jetbalance, PHONAK, SGS, QNX, ASCREEN, SAMSUNG, PHILIPS, SONY, INTEL, TATU huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi va boshqalar).

MT arxitekturasidagi jiddiy o‘zgarishlar, yuqori darajadagi gibridlashishni va integratsiya jarayonlari (ingerallashgan, gibrid, veb-ilovalarga yo‘naltirilgan multimedia tizimlarining yuzaga kelishi) multimedia tizimlarining yaratilish texnologiyalari va uslublarida jiddiy muammolari mavjudligini, amalda TIAV konteynerlarning integrallashgan sinfi uchun dasturiy tizimning yangi arxitekturasini ishlab chiqishga qaratilgan dasturlash paradigmasi mavjud emasligini ko‘rsatadi. MT uchun yig‘ilib qolgan ahamiyatli muammolar tarkibiga quyidagilar: zamonaviy obyektga mo‘ljallangan paradigmalar tahlilidan dasturiy ta’minot yaratish texnologiyasi va uslubining axborot tizimlari sohasida loyiha va ishlanma ilovalarining, ko‘pkomponentli tarmoqlangan ilovalarni yaratish texnologiyalarning sezilarli darajada orqada qolishini kiritish mumkin.

MT’larini ishlab chiqarishning to‘liq faoliyat davrini quvvatlovchi uskunaviy vositalarning mavjud emasligi, maxsus tillar yordamida MT amaliy dasturiy ta’minotini faqat MT sohasida qo‘llanuvchi turli tizimlar bilan integratsiyalash va MT’larini boshqa platformalarga ko‘chirishning murakkabligidan iborat. AKT izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi, axborot oqimi tezligi oshdi, shuningdek, axborot resurlariga bo‘lgan ehtiyoj, buyurtma, murojaatlar doirasi ham oshib bordi. Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi axborot resurslarini tizimlashtirish, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimini muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish zarurat hisoblanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq