Davlat saytlarining takomillashuvi fuqarolarga qulaylik yaratadi
30.07.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

gov_30_07_2015

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 31- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 355-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi ekspertlari tomonidan har chorakda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holati tahlil qilinib, reytingli baholash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning II choragi mobaynida 115 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jumladan 56 ta davlat boshqaruvi organlari, 45 ta davlat xo‘jalik boshqaruvi organlari, 14 mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati baholandi va natijalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. O‘tkazilgan monitoring yuzasidan AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamenti Rasulov Murod Mahmudjonovichga bir qancha savollar bilan murojaat qildik.

— Davlat organlari rasmiy veb-saytlarini baholashda asosan nimalarga e’tibor berasizlar?
— Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda – Davlat organlari) faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholash jarayonida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 31- dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 355-son qarorining 3-ilovasi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar”iga muvofiq monitoring jarayonini tashkil etadi. Shuningdek 2013–2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2014 yil 27 martdagi 3-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni joriy etish holatini baholash Metodikasi”dagi talablar, Davlat organlari rasmiy veb-saytlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi.

— Ma’lumki, Davlat organlari sayt har chorakda monitoring qilinadi. Monitroing natijasida qaysi saytlarda qay jihatdan o‘sish bor?
— Davlat organlarida AKTni joriy etilishi va rivojlanish holati tahlil qilinganda nafaqat Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari balki yana bir qator ko‘rsatkichlar baholanadi. Xususan, Davlat organlarida Axborot tizimlari, axborot resurslari va elektron hujjatlar aylanishi tizimidan foydalanish samaradorligi, Axborot xavfsizligiga rioya qilinishi va tashkiliy jihatlarning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi baholanadi. 2015 yil II-chorak natijalariga ko‘ra 115 ta davlat organlarida AKTning joriy etilganlik holatini baholash ko‘rsatkichlari I-chorakka nisbatan o‘rtacha 59,23 balldan 68,29 ballga (15,30%) oshdi.

Joriy chorak natijalariga ko‘ra o‘sish sur’atlari barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuzatilib, “Rasmiy veb-sayt va IDXni taqdim qilish” ko‘rsatkichi bo‘yicha 16,44%ga, “Axborot tizimlari, axborot resurslari va elektron hujjat almashuvi” ko‘rsatkichi bo‘yicha 28,93%, “Axborot xavfsizligi” ko‘rsatkichi bo‘yicha 1,73%, “Tashkiliy qism” bo‘yicha 20,45% o‘sish kuzatildi.

2015- yil II-chorak natijalariga ko‘ra eng yuqori 10 talikni quyidagi Davlat organlari egallagan.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (100 balldan 95,04 ball)
    2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (100 balldan 94,13 ball)
    3. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi (100 balldan 92,67 ball)
    4. “Uzinsanoat-xolding” aksiyadorlik kompaniyasi (100 balldan 91,08 ball)
    5. “Uzavtosanoat” kompaniyasi (100 balldan 91,02 ball)
    6. “Uzulgurjisavdoinvest” uyushmasi (100 balldan 90,71 ball)
    7. Davlat attestatsiya komissiyasi (100 balldan 90,62 ball)
    8. “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi (100 balldan 89,90 ball)
    9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (100 balldan 89,50 ball)
    10. “Uzpaxtasanoat” uyushmasi (100 balldan 88,73 ball)

— Fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatilishida qulaylik borasida qaysi tashkilotning veb-saytini o‘rnak qilib ko‘rsatsa bo‘ladi?
— Davlat organlari rasmiy veb-saytlarida interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va ularning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 23- avgustdagi 181-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2013- yil 15- fevraldagi 08/1-193-sonli topshirig‘i ilovasida keltirilgan 2013- yil Manzilli dasturlari bilan tasdiqlangan. Fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarini rasmiy veb-saytlari orqali eng samarali taqdim etayotgan davlat organlari qatoriga Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Kafolat” sug‘urta kompaniyalarini kiritishimiz mumkin.

— Reytingli baholashni amalga oshirishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
— Bugungi kunda Respublika miqyosida AKTni rivojlantirish va joriy etish samaradorligini oshirishning eng maqbul usuli fuqarolarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatida elektron murojaatlar, shakllarni yaratish hamda davlat boshqaruvi tizimida “Yagona oyna” prinsipini joriy qilish hisoblanadi. O‘zbekiston bu borada bir qancha yutuqlarga erishganiga qaramay, AKT sohasini rivojlantirish va joriy etish borasida Davlat organlarida ko‘pgina kamchiliklar mavjud. Qator davlat organlari o‘z faoliyatlarida Axborot tizimlari, axborot resurslari, elektron hujjat aylanish tizimidan maksimal foydalanmayotganliklari, rasmiy veb-saytlari qonun talablariga muvofiq emasligi ma’lum bo‘lmoqda. Bunda reytingli baholash natijalari qaysi davlat organida qanday kamchiliklar borligini aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini yaratadi. Savol: Davlat organlari uchun AKTni joriy qilish va rivojlantirish samaradorligini oshirish uchun ularga maxsus ko‘rsatmalar beriladimi, seminar-treninglar tashkil qilinadimi? Bu borada Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazida qanday ishlar olib borilmoqda? Javob: Har chorak natijalari bo‘yicha hamda olingan natijalar yuzasidan AKTni joriy qilish va rivojlantirish samaradorligini oshirish maqsadida, Davlat organlari uchun “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan doimiy seminar-treninglar uyushtiriladi. Masalan 2015 yil I-chorak natijalari yuzasidan joriy yilning 2-4 iyun kunlari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan “Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish” o‘quv kursi bo‘yicha nazariy o‘qitish hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda amaliy-stajirovkalar o‘tish tashkillashtirildi. Shuningdek, 2015 yilning 5 avgust kuni Xorazm viloyatida Hududiy kompyuterlashtirish markazlari rahbarlari va xodimlari uchun seminar-trening tashkillashtirish rejalashtirilmoqda Savol: Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan AKT buyicha ishlar qoniqarsiz tashkil etilgan hollarda qanday chora-tadbirlar ko‘riladi? Javob: Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan AKT buyicha ishlar qoniqarsiz tashkil etilgan hollarda Davlat organlarining AKT bo‘limi rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan suhbatlar uyushtirilib, tushuntirish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, Davlat organlari bilan hamkorlikda AKTni rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, ularni o‘z vaqtida va samarali bajarilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Nigora Umarova suhbatlashdi

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq