Xiva aloqa tarixi muzeyi o‘z eshiklarini ochdi
28.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ravshan Askarov.

xiva_28_07_2015

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Xiva asrlar mobaynida insonlarning ma’naviy va moddiy madaniyati taraqqiyotiga o‘zining solmoqli hissasini qo‘shib kelmoqda. Xalqaro sayyohlik markazlaridan biri sanalgan Xiva bejiz butun dunyoda ochiq osmon ositidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Bu shahar hududida miloddan avvalgi VI-V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davlarga taalluqli 122dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan bo‘lib, Davlat muhofazasiga olingan.

xiva_28_07_2015_1

O‘zbekistonning eng ko‘hna muzeylaridan biri bo‘lgan Xiva «Ichan-Qal’a» tarixiy me’moriy muzey-qo‘riqxonasidek buyuk me’moriy obida joylashgan Xivada bugun qayta tashkil etilib, rekonstruksiyadan chiqqan Xiva aloqa tarixi muzeyi ham o‘z munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Soha rahbarlari tashabbusi hamda soha korxonalarining yordami bilan zamon talablariga mos keladigan, yangi va qiziqarli ekspozitsiyalarini o‘z ichiga olgan Xiva aloqa tarixi muzeyining tantanali ochilish marosimi 2015-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tdi.

xiva_28_07_2015_2

Ochilish marosimida «Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi» jamoat fondi direktori R. Askarov, «Aloqa tarixi muzeyi» direktori T. Nazardjanov, Xorazm viloyati hokimining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi Sh. Yaxshiboyev, «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Xorazm mintaqaviy bo‘limi boshqaruvchisi O. Rahimov, Jamoat fondi Xorazm viloyati filiali direktori Q. Hayitboyev va soha rahbarlari ishtirok etdilar.

Butun jahon ahli e’tiborini tortgan qadimiy Xivada muzeylar juda ko‘p va har birining o‘ziga xos tarixi bor. Sohaning rivojlanish tarixi, bosqichma-bosqich bosib o‘tilgan taraqqiyot yo‘li va sohaning har bir yo‘nalishining o‘ziga xos tomonlarini qiziqarli ekspozitsiyalar bilan namoyon etuvchi Xiva aloqa tarixi muzeyi mutaxassislar fikriga ko‘ra O‘zbekistonning nufuzli muzeylari qatoridan munosib o‘rin egallashiga shubha yo‘q.

xiva_28_07_2015_3

Xiva aloqa tarixi muzeyi qadimiy va o‘ziga xos me’moriy uslubga ega bo‘lgan binoda joylashgan bo‘lib, 5ta katta ekspozitsiya zallaridan iborat bo‘lib, sohaning davriy rivojlanishini aks ettirgan mingga yaqin tematik ekspozitsiyalar yordamida yaratilgan. Har bir ekspozitsiya zali soha yo‘na-lishlari ya’ni, pochta, radio va televideniye, shuningdek, kommunikatsiya tarixini ochib berishga xizmat qiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq