Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nurjov Soatov bilan blits-intervyu
28.07.2015
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

gis_28_07_2015

2015-yil I yarim yillikda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq 13ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 13ta ko‘rsatmalar berildi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati yuzasidan 11ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida o‘rganishlar o‘tkazildi hamda aholiga va tadbirkorlik subyektlariga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan 716ta davlat organlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi alohida bloklari monitoring qilindi.

Inspeksiya hamda boshqa vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, REV va YUCHQ’larning noqonuniy ishlatilishi oldini olish maqsadida 112ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. 690ta qurilishi tugallangan aloqa obyektlarini qabul qilish komissiyasi tarkibida Inspeksiya vakillari qatnashdi va obyektlar foydalanishga qabul qilindi. Aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sohaga tegishli korxona va tashkilotlar bilan imzolangan Kelishuvlar asosida hamkorlikda 69ta profilaktik o‘rganishlar o‘tkazildi.

Inspeksiya tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 492ta murojaatlari ko‘rib chiqildi. Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning tegishli moddalariga asosan aloqa sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzgan 45ta shaxsga nisbatan 22 022 400 so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi. Aloqa sohasidagi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun 71 551 650 so‘m moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi.

Davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka erkinlik berish, ular faoliyatiga har qanday asossiz aralashuvlar va to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik, profilaktika ishlarini faollashtirish, tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam ravishda, muloqotlar uyushtirish va ularga yaqindan amaliy ko‘mak berish, tekshirishlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlari talablarini targ‘ib qilishga qaratilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda 2015-yilning I yarim yilligi davomida bevosita joylarga chiqilib, 659ta subyektlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi, 187ta seminarlar tashkil etildi va ushbu seminarlarda 2502ta tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etdi. 162ta «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari o‘tkazilib, tadbirda ishtirok etgan 872ta tadbirkor va fuqarolarning 283ta muammoli masalalari ko‘rib chiqildi. Ommaviy-axborot vositalarida 111ta chiqishlar tashkil etildi.

Inspeksiyaning 2015-yil II yarim yillik rejalari quyidagilardan iborat:
Davlatimiz va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Inspeksiya oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va sidqidildan amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725 sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda sohamizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishning oldini olish, ular faoliyatini qo‘llab quvvatlash va tekshirishlar sonini qisqartirish hamda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish choralarini ko‘rish.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq