Uchta yirik smartfon bozoriga o‘zgarishlar amalga oshishi kutilmoqda
27.07.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Hind bozori namoyon etayotgan smartfonlar savdosi bo‘yicha jadal rivojlanish bir-ikki yildan so‘ng hajmi bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinni egallashi mumkin. Strategy Analytics tadqiqotchilik kompaniyasi shunday prognoz bermoqda. Analitiklar bergan bahoga ko‘ra, Hindistinda 2015-yilda «aqlli» telefonlar savdosi 118 mln. donani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 43 foizni tashkil etadi. 2016-yilda 26 foizga (149 mln. dona qurilma sotilishi bilan), 2017-yilda — 17 foizga (174 mln. donagacha) o‘sish kutilmoqda.

«Smartfonlar savdosi bo‘yicha hind bozorining o‘sishi Micromax kabi mahalliy brendlarning chakana savdoda arzonligi va o‘rtacha daromadli iste’molchilar va faol promo-kampaniyalar hisobiga amalga oshmoqda», — deydi Strategy Analytics direktori Linda Suy (Linda Sui).

Ekspertlar smartfon bo‘yicha Amerika bozori 2015-yilda 11 foizga o‘sishini kutmoqdalar, kelgusi ikki yil mobaynida esa o‘sish 1–2 foizni tashkil etib, 2017-yilda 169 mln. apparat sotilishi mo‘ljallanmoqda. Agar mazkur taxmin amalga oshsa, unda ikki yildan keyin Hindiston smartfonlar savdosi bo‘yicha AQSHdan o‘zib ketadi.

smart_27_07_2015

Jahonda yetakchilikni Xitoy egallab kelmoqda. Bu mamlakatda, 2015-yilda analitiklar 458 mln. dona smartfon sotilishini ma’lum qilmoqdalar (o‘tgan yildagiga nisbaban +13 %) va 2017-yilda 505 mln. dona (+3 %) sotiladi deb taxmin qilmoqdalar. Bu bilan ushbu yillarda jahon bozorining hajmi muvofiq tarzda 1,5 va 1,7 mlrd. donani tashkil etadi, deb ko‘rsatilgan Strategy Analytics tadqiqotlarida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq