Samsung oynali OLED-displeylarini ishlab chiqara boshlaydi
27.07.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Tarmoq manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi yaqinda organik svetodiod asosida oyna ekranli qurilmalar(OLED)ning ommaviy ishlab chiqarilishini boshlaydi.

oled_27_07_2015

Janubiy Koreyaning yirik kompaniyasi o‘tgan oyda oynali ekranlarni taqdim etgandi. Bunday panellar yorug‘likning 75 foizini aks ettiradi, kamida 1 ms vaqtda javob berib, 100 000:1gacha kontrastligiga ega. Oynali displeylarning tijorat mahsulotini ishlab chiqaruvchi Samsungning birinchi mijozi Mirum marketing agentligi bo‘ldi. Mazkur panellar bozorga Magic Mirror 2.0 nomi bilan chiqariladi. Oynali interaktiv ekranlar taniqli zargarlik mahsulotlari reteyleri — Chow Sang Sang Group do‘konlariga o‘rnatiladi.

Mazkur kompaniya Xitoy va Gonkongda 200tadan ortiq salonlari mavjud. Magic Mirror 2.0 panellari kiyimlarni virtual o‘lchab ko‘rish funksiyasini bajaradi deb taxmin etilmoqda. Do‘kon xaridorlari u yerda peshtaxtalarga qo‘yilgan zargarlik buyumlari, taqinchoqlariga qo‘l urmay turib, o‘zlarga yarashishini tekshirib ko‘rishlari mumkin. Samsung yangi ekranlarni joriy yilda ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Magic Mirror 2.0ning taxminiy narxi haqida ma’lumot berilmagan.

Manba: www.sammobile.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq