Rossiyada 2017-yilda 50 yil quvvat beruvchi atomli batareykalar yaratiladi
27.07.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

«Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Rossiya «Tog‘-kimyo kombinati» FDUK muhandislari 2017-yilda «yadro batareykalari» deb nomlangan mahsulotning dastlabki tajriba namunalarini ishlab chiqarishga tayyor, degan «Tog‘-kimyo kombinati» FDUK bosh direktori Pyotr Gavrilov so‘zlarini ma’lum qildi, TASS axborot agentligi.

Bunday akkumulyator uchun nikelning «nikel-63» radioaktiv izotopi quvvat manbai bo‘lib hisoblnadi, u deyarli 50 yil mobaynida elektron qurilmaning avtonom ishlashi davomiyligini ta’minlaydi. Atom batareyasining ishlash tamoyili beta-voltlik samarasiga asoslanadi. U foto elektrik samarasining darajasini belgilovchi bo‘lib, biroq shu bilan birga, fotonlar emas, balki tezkor elektron (beta-zarralari) ta’sirida yarimo‘tkazgichli elektron-teshikli juftlik kristallik panjarasida hosil bo‘ladi. Nikel-63 nikel-62 reaktorining nurlanishi jarayoni yordamida olinadi, Gavrilovning so‘zlariga qaraganda bunga taxminan bir yil sarflanadi. Hozirgi vaqtda u Jeleznogorskda (Krasnoyarsk o‘lkasi)dan olinadi, nikel-63 bo‘yicha esa 2016-yil oxirida ishlar nihoyasiga yetadi.

bat_27_07_2015

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, avtonom ishlashda uzoq muddali ish davriga egaligidan tashqari (solishtirish uchun: plutoniy-238dan foydalanuvchi zamonaviy kardiostimulyatorlar 10 yil xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan), nikel-63 asosidagi akkumulyatori ixcham o‘lchamga — masalan, litiy-ionli ta’minot manbaiga nisbatan 30 marta kichik hajmga ega. Shu bilan birga, ular odamga butkul zararsizligi ta’kidlanmoqda, sababi juda zaif beta-nur taratadi, u esa o‘z batareyalari ichida singib ketadi va tashqariga chiqmaydi.

Mazkur afzalligi atomli batareyalardan juda ko‘p sohalarda — kosmik industriyadan to tibbiyotgacha, ya’ni katta ilmiy salohiyatni talab etadigan va yuksak texnologiyalar sohalarida foydalanishiga imkon beradi. Bunday texnologiyalarning tijorat mahsulotlari, masalan, mobil telefonlarining ishab chiqarilishini yaqin orada kutishning hojati yo‘q, sababi bunday bir batareykaning ishlab chiqarilishi 4,5 mln. rublga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunday yuqori narx nikel-63 izotopini olishning murakkabligi bilan bog‘liq — Rossiyada faqat uch korxona bunday imkoniyatga ega.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq