G‘aroyib 3D-printerlari: kapuchino ichimligi ko‘pigida portretlarni «chop etamiz»
27.07.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

print_27_07_2015

Yaqin orada qahvaxona egalari o‘z mijozlariga nafaqat eng sifatli ichimliklarni taklif etish, balki bu ishga ijodiy yondashish va haqiqiy san’at asarlarini yaratishga yordam beruvchi SteamCC dan 3D-printerlari qurilmalari bilan «qurollanishlari» mumkin.

Agar zamonaviy 3D-printerlari uy va ofislar qurilishi, qandolat mahsulotlari, aviatsiya va harbiy sanoat uchun detallar tayyorlashga yordam bera oladigan bo‘lsa, unda bunday tizimdan nima uchun, masalan, sut ko‘pigida tasvirlar yaratib, yangi tayyorlangan mazali latte yoki kapuchinoni tayyorlashda foydalanish mumkin emas ekan? Bundan tashqari, ajoyib tasvirni sun’iy usulda ko‘pirtirilgan sut «qalpog‘iga» uzzatilishi bilan xaridor kayfiyatini ko‘tarish hamda e’tiborini alohida jalb etishda qo‘shimcha usul bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Izroillik SteamCC kompaniyasi mutaxassislari ham sut yuzasiga bir necha harf, hatto butun iborani «bosishga» qodir bo‘lgan Ripple Maker printerini ishlab chiqdilar. Printer qahva, sut ko‘pigi yuziga hatto murakkab surat, portretni ham chiza oladi. Buning uchun Barist ishlab chiquvchilar saytidan faqat zarur surat tasvirini belgilab ko‘rsatishi kerak. Xizmatdan foydalanuvchilar o‘z navbatida, bir necha daqiqalarni tashkil etadigan shaxsiy arxivlarini to‘ldirib borishlari mumkin.

print_27_07_2015_1

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun mobil ilovasida ma’qul kelgan tasvirni chop etish uchun printerga buyruq yuborish zarur. Wi-Fi moduliga ega Ripple Maker bo‘yoq vazifasini bajaruvchi qahva donalari kukuni yordamida sut ko‘pigi – «sutli mato yuziga» tanlangan tasvirni aks ettiradi. SteamCC taqdim etilgan qurilma eng avvalo, tijorat maqsadiga yo‘naltirilgan. Mazkur Ripple Maker yangiligi yordamida bir necha soniya mobaynida tasvirni uzata oladi. Uning texnik cheklovi faqat shundan iboratki, sut quyilgan idish balandligi 18 sm.dan, kengligi — 11,5 sm.dan oshmasligi zarur.

print_27_07_2015_2

Ripple Makerning sotuvga yetkazib berilishining boshlanishi joriy yil sentabr oyiga rejalashtirilgan. Apparatning narxi $999 bo‘lib, unga yillik texnik xizmat ko‘rsatish hajmi esa $75ga tushadi. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, sut ko‘pigiga tasvir tushirilgan birinchi qahvani Lufthansa aviareysi biznes-klass yo‘lovchilari tatib ko‘rishlari mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq