Samsungni AQSHda eng nufuzli IT-kompaniya deb ko‘rsatdilar
26.07.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Tadqiqotlar, audit va mavqelarni boshqarishga ixtisoslashgan Reputation Institute xalqaro konsalting firmasi AQSHdgi eng nufuzli texnologik kompaniyalari o‘rtasida reyting natijalarini e’lon qildi. Eng nufuzli kompaniya sifatida birinchi o‘rinni Samsung Electronics egalladi.

O‘tgan yilda sakkizinchi Janubiy Koreya korporatsiyasi o‘zining ommaviy mahsulotlari va xizmatlari evaziga Microsoft, Google va Intel kabi Amerika gigantlarini ortda qoldirdi.

sam_26_07_2015

Amerika borzorida yuqori mavqega ega bo‘lgan IT-kompaniyalari yangi ro‘yxatining ikkinchi o‘rnini Hewlett-Packard egallagan. Keyingi qatorlarni Microsoft, Google va SAP egallagan. Shuningdek, eng yaxshi o‘nlik qatoriga Intel, NCR, Adobe Systems, Texas Instruments, Toshiba va Salesforce.com ham kiritilgan. Jahonda Apple korporatsiyasi yetakchi bo‘lib, unga mobil qurilmalari bozorida bosh raqobatchi Samsung bo‘lib, u reytingda o‘tgan yildagiga nisbatan ikki o‘rinni boy berib, faqat 21-o‘rinni egalladi. Reputation Institute tadqiqotlari uchun AQSH aholisining 27 ming nafaridan olingan so‘rovnoma asos bo‘ldi. Har bir kompaniya ekspertlar tomonidan yetti jihat: mahsulot va xizmatlar, innovatsiyalar, ish sharoiti, boshqaruvni tashkil etish, bosh rahbariyatining roli va ijtimoiy mas’uliyat nutqi nazaridan o‘rganildi. Yonhap nashrining ko‘rsatishicha, Apple Samsungdan innovatsiyalari bo‘yicha o‘zib ketdi, biroq mahsulotlar, ish sharoiti, boshqaruvni tashkil etish kabi toifalar bo‘yicha ortda qoldi.

Manba: http://english.yonhapnews.co.kr

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq