Manus Machinadan virtual reallik uchun qo‘lqop
26.07.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

real_26_07_2015

Kelgusi yilda yangi virtual va qo‘shimcha reallik mahsulotlari ishlab chiqarilishi – rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin, sababi sotuvga kamida Oculus Rift va Project Morpheus chiqariladi. Bundan tashqari, HTC va Steam Vive shlemini yaratadi, Microsoft esa HoloLens shlemiga qo‘shimcha reallikini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. E3 Oculus ko‘rgazmasida Rift shlemi bilan yanada realistik o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan Oculus Touch kontrolleri taqdim etildi. Biroq bu –virtual muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan yagona yechim emas.

real_26_07_2015_1

Manus Machina kompaniyasi ham virtual haqiqat uchun barmoqlarga sensorli qulay qo‘lqoplarni ishlab chiqardi. Ular ham virtual haqiqat shlemi yoki ko‘zoynaklari bilan ishlashga mo‘ljallangan.

Bunday qo‘lqoplar dastlabki ishlanma emas, biroq boshqalaridan shi bilan farq qiladiki, u oddiy foydalanuvchilar uchun yaratilgan. Qolgan bunday qurilmalardan sanoat, fan va boshqa sohalarda foydanish ko‘zda tutilgan. Qurilmaning bir jufti uchun narxi 20 ming dollardan iborat (boshqacha so‘zlar bilan aytganda, ular uy sharoitida foydalanish uchun emas). Asoschilaridan biri Manus Machina Stefana van der Brinkning so‘zlariga qaraganda, qurilma qo‘lqopdan iborat bo‘lib, qo‘l harakatlarini aniq kuzatadi. Har bir barmog‘ida datchiklar joylashgan bo‘lib, ularning bukilishini qayd etib boradi. Shuningdek, qurilma tashqi tomonidan modulga ega bo‘lib, qo‘lning harakatlarini kuzatib boradi. Qo‘lqop 9ta erkinlik darajasiga ega.

Manba: http://manusmachina.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq