Rossiyada robototexnika bo‘yicha xalqaro ilmiy markaz paydo bo‘ladi
25.07.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robo_25_07_2015

Rossiyada Milliy tadqiqotlar texnologik universiteti bazida robototexnika bo‘yicha xalqaro ilmiy markaz «MISiS» ta’sis etiladi. Markazning tashkil etilishini uning yaratilishining maqsadga yo‘naltirilganligi va istiqbolliligini ekspertizadan o‘tkazgan «MISiS» xalqaro ilmiy kengashi tomonidan allaqachon qo‘llab-quvvatlangan. Bundan tashqari, markazni shakllantirish g‘oyasini Rossiya Federatsiyasi fan va ta’lim vazirligi ham qo‘llab-quvvatlagan.

Berilgan rasmiy ma’lumotlarda mazkur tuzilmani yaratishdan maqsad: «robototexnika sohasida asosiy salohiyatlarni — sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqishdan tortib, istiqbolli yangi avlod robotlarining turli elementlarini tayyorlash uchun metall birikma va qotishmalari yaratilguniga qadar bir maydon doirasiga birlashishdan iborat» ekanligi ma’lim qilingan. Markaz yo‘nalishlar orasida robototexnikaning bionika, kognitiv texnologiyalar, biometrika, nanorobototexnika va boshqa shu kabi yangi va istiqbolli sohalari alohida e’tiborga sazovor. Shu bilan bir qatorda, «yangi materiallar, jumladan nanometallardan foydalanish. Bu holda MISiS ning asosiy fan sohalari bilan aloqa ta’minlanadi, bu esa robototexnika rivojida yangi materiallarni qo‘llashni ta’minlashi» rejalashtirilgan.

robo_25_07_2015_1

William Whitehurst/Corbis

Markaz vazifalari qatoriga Rossiyada robototexnika sohasida istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ham kiritilgan. Jumladan, faoliyatning asosiy yo‘nalshlaridan biri «KAMAZ» yuk mashinasi bazasida haydovchisiz transport vositasini yaratish bo‘lib hisoblanadi. Mazkur tashabbusda Cognitive Technologies va «MISiS» MTTU kompaniyalari guruhiga kiruvchi «KAMAZ» OAJ («Rostex» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi korxona) ham mavjud. Markazni rivojlantirishga «2016–2018 yillar mobaynida bir milliard rubl» talab etiladi. Mazkur mablag‘ loyiha ishtirokchilari budjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: www.misis.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq