Ekshen-kameralar jahon bozori: raqamlar va odimlar
25.07.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

kam_25_07_2015

Futuresource Consulting tadqiqotchilik kompaniyasi ekshen-kamera jahon bozorini o‘rgandi va undagi jarayonlarni alohida ta’kidladi. Analitiklar bergan bahoga ko‘ra 2014-yilda ekstremal sharoitlarda foto va videosuratga olish uchun mo‘ljallangan raqamli apparatlar savdosi 7,6 mln. donani, ya’ni o‘tgan yildagiga nisbatan 44 foizga ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur bozorning pul mablag‘lari hajmi $3,2 mlrd.ga yetdi.

kam_25_07_2015_1

Ekspertlar ma’lum qilishicha, bozordagi talabning katta qismini iste’molchilik qurilmalari egallaydi, biroq kasbiy apparatlar, masalan, televizion syujetlar tayyorlash, tezkor xavfli xizmatlarni amalga oshirishda xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli qurilmalar ommaviylashib bormoqda. Yana bir asosiy trend bo‘lib, rusum savdosining o‘sishi bilan bir vaqtda yaqqol ifodalanib borayotgan, $200dan to qimmatbaho yuqori darajada ishlab chiqarilayotgan apparatlarning narxi ham ommaviylashib bormoqda.

«Keyingi oylarda ekshen-kameralar bozori o‘z rivojida ahamiyatli o‘zgarishlarga duch keldi, — deydi Futuresource Consulting analitigi Arun Gill (Arun Gill). — Masalan, 360 darajali burchak manzarasiga qodir qurilma paydo bo‘lishi bilan borliqning virtual manzarasini uzatish imkoniyatiga ega bo‘lindi, bu, ayniqsa, sport musobaqalarini suratga olishda qo‘llanilmoqda».

Futuresource Consulting yaqin yillar mobaynida ekshen-kameralar savdosi o‘sishining saqlanishini bildirmoqda, biroq bu holni ayrim omillar sekinlatishi mumkin, bu qurilmaning foydalanish muddati bilan bog‘liq. O‘sish sur’atlari ko‘proq Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga xos holat bo‘lmoqda deb hisoblaydi analitiklar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq