O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
24.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

lib_24_07_2015

2015 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilish qatnashchilariga 2015 yil 16 iyulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisi, unda muhokama etilgan masalalar va qilingan hulosalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. U yig‘ilish qatnashchilarini yarim yillik yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish, xizmatlar va servis sohasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

lib_24_07_2015_1

2015 yilning birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini baholovchi quyidagi ma’lumotlar keltirildi:
— Milliy kutubxonaning umumiy fondi — 7 mln.dan ziyod nusxani (shundan bosma fond 6.6 mln, elektron ko‘rinishdagi resurslar -357 000 nusxadan ziyodni tashkil etadi);
— foydalanuvchilari soni – 108 233 nafarni tashkil etib, hisobot davrida kutubxonadan 14315 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi;
— o‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilarning tashrifi – 416 081 marotabani tashkil etdi, shundan 33 886 tasi kutubxona vebsaytidan foydalanganlarni tashkil etadi;
— kitob berish – 2 614 388 nusxani tashkil etdi hamda veb-saytdagi ichki manbalarga 96 709 ta murojaat bo‘ldi.

lib_24_07_2015_2

2015 yil birinchi yarim yilida goda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 154ta turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi, shulardan: 88 madaniy-ma’rifiy tadbirlar, 40ta muhim va unutilmas sanalar va shaxslarga oid, 22 kutubxonaga kelib tushgan yangi adabiyotlar va 4ta rasmlar va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Hisobot davrida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida:
— YuNESKOning “Ochiq ta’lim manbalarini rivojlantirish va kutubxonalarda hujjatli merosni saqlash” loyihasi doirasida “O‘zbekistonda hujjatli merosni saqlanishi va ochiqligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi;
— “Central Asia. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusida IX xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 20ta mamlakatdan xorijiy mutaxassislar, mamlakatimiz axborot-kutubxona muassasalaridan 267ta mutaxassis qatnashdi. 3 kun davomida 4ta sho‘ba majlisi, 3ta seminar-trening, 3ta mahorat darsi tashkil etildi va 74ta ma’ruza tinglandi;
— axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy bilim darajasini oshirish maqsadida bir haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi. Hozirga qadar unda respublika viloyatlaridan kelgan 183 ta mutaxassis o‘z malakasini oshirdi.

lib_24_07_2015_3

Hisobot davrida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 8ta texnik loyiha bo‘yicha olib borgan ishlari yakunlandi. “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi doirasida esa Koreyaning KSS kompaniyasi bilan tender hujjatlarini tayyorlash uchun shartnoma imzolandi.

Yig‘ilish davomida Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashi faoliyati, xalqaro aloqalarning rivojlanishi holati va ”Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati rahbari Sh.Raximova, Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va adabiyotlarni berish xizmati rahbari M.Kim, O‘qish zallari xizmati rahbari O.Xamidova, Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati rahbari Sh.Shamsieva, Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni masofaga yetkazib berish xizmati rahbari A. Gaziev, Nashriyot-matbaa xizmati rahbari F.Musaev, Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi xizmati rahbari A.Raxmonovlar so‘zga chiqdilar. O‘z chiqishlarida ular xizmatlarida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdilar va ularni chizmalar va diagrammalar ko‘rinishida slaydlarda taqdim etdilar. Hisobotlar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan savol-javoblar ijobiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjudligini ko‘rsatdi. Muhokamalar so‘ngida mavjud muammolarni bartaraf etish, ilmiy-tadqiqot, uslubiy, ishlab chiqarish, innovatsion, xalqaro hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish, loyihalar faoliyatiga dahlor, AKTni tadbiq etish, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish, konferensiyalar, seminarlar, taqdimot va ko‘rgazmalar mavzulari borasida bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.

Bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq