Uyqu monitoringi uchun Zmachine Insight qurilmasi sotuvga chiqdi
23.07.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

zm_23_07_2015

General Sleep kompaniyasi uyqu monitoringi uchun Zmachine Insight qurilmasi sotuvga chiqqanligini ma’lum qildi. U odam uyqusining holati haqida axborot olish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilar bergan ma’lumotlariga ko‘ra, apparatdan tadqiqot ishlarida ham, davolash maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Qurilma uyquning davomiyligi va samaraliligi haqida ma’lumot oladi, shuningdek, uning alohida fazalari va uyg‘onish zarur bo‘lgan vaqtlarni yozib borish xususiyaiga ega.

Ma’lumotlarni to‘plash uchun uchta datchikdan foydalanilgan bo‘lib, uni bo‘yinning yuqori qismi, quloq orqasiga uyqudan o‘ttiz daqiqa oldin mahkamlanadi. Asbob smartfonlarga mo‘ljallangan mazkur qurilma foydalanuvchisi harakatlarini tahlil qiladigan turli ilovalaridan farq qiladigan entsefalografiyaning aniq usulidan foydalanadi. Zmachine Insightning mualliflari ishontirib ma’lum qiladilarki, qurilma foydalanishda juda qulay, bu undan barcha xohlovchi shaxslar, keng omma vakillari foydalana olishiga imkon beradi. Uning yordamida hatto uyqu tabiiy tus oladigan uy sharoitlarida ham ma’lumot olish mumkin. Zmachine Insightning bahosi 499 dollarni tashkil etadi.

Manba: http://www.businesswire.com/

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq