Davlat tashkilotlarida AKTni joriy etish holati bo‘yicha monitoring natijalari e’lon qilindi
23.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

akt_23_07_2015

2015-yil II chorak yakuni buyicha reytingi baholanishi kerak bo‘lgan davlat tashkilotlarining 115 ta sayti yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Monitoring o’tkazilgan tashkilotlarning 56 tasi davlat boshqaruvi organlari, 45 tasi xo‘jalik boshqaruv organlari va 14 tasi mahalliy davlat boshqaruv organlaridir.

Baholash tashkilotlarning internet tizimidagi rasmiy veb-saytlari monitoringi, YaIDXP portalidagi ma’lumotlar hamda korxona tomonidan NIS.UZ idoralararo tizimiga kiritilgan ma’lumotlarga asosan EHTRM va AXTM ekspertlari tomonidan olib borildi. II chorak baholash reytingining natijalariga ko‘ra, 115 ta davlat organlarida birinchi chorakka nisbatan 59,23 dan 68,29 gacha (15,30% ga) ko‘tarilgan.

Davlat organlari orasida ko‘p vaqt reytingning birinchi o‘rnini egallab kelgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ortda qoldirib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi (100 balldan 95,04) eng yuqori ballni oldi. Eng past ballni “Qurilish-lizing” (100 balldan 14,41) tashkiloti yig‘di.

Reytingning yuqori beshtaligining ichiga kirgan korxonalar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi,
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
  • “Dori–Darmon” aksiyadorlik korxonasi,
  •  “O‘zvino sanoat-xolding” aksiyadorlik korxonasi;
  • “O‘zavtosanoat” korxonasidir.

AKT joriy etilishi yetarli darajada bo‘lmagan davlat organlari bilan reytingda ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida amaliy yordam berish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmokda. 2015- yil II chorak natijalari buyicha baholash analizi natijasida davlat organlari orqali qonuniy va me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlangan (2007- yil 23- avgustdagi 181-sonli Vazirlar Mahkamasining karori, Manzilli dastur va h.k) interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish qoniqarli ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymati 10 dan 6,33 (63,3%)ni tashkil etadi.

Davlat organlari tomonidan “Murojaatlarni ko‘rib chiqish” interaktiv xizmati nisbatan 69% yaxshilangan II chorakda ushbu ko‘rsatkich 12,8% ga oshdi.

EHTRM xodimlari tomonidan har chorakda o‘tkaziladigan baholash natijalari buyicha korxonalarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va reyting bahosini ko‘tarish yuzasidan quyidagi amaliy yordam ko‘rsatiladi:

  •  baholash natijalarida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha butun tafsilotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnomalar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar taqdim etiladi;
  •  Metodikaga kiritilgan o‘zgartirishlar va savolnomani to‘ldirishni tushuntirish uchun seminarlar va videokonferensiyalar o‘tkaziladi, monitoring davrida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinadi hamda tashkilotlar vakillarining barcha savollariga batafsil javoblar taqdim etiladi;
  •  telefon orkali korxonalarga maslahat va tushuntirishlar beriladi, ekspert xodimlar joylarga hamda viloyat xokimiyatlari qoshidagi DUK Kompyuterlashtirish markazlariga chiqishadi.

Monitoring natijalari yana korxonalarda AKT joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul mutaxassis yoki maxsus tarkibiy bo‘lim tashkil etilmaganligi aniqlangan kamchiliklar yuzaga kelishining asosiy sababi ekanligini ko‘rsatdi. Ma’lumotlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligiga taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq