Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassislarni taklif qiladi
22.07.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT sohasida ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limining quyidagi lavozimlarida ishga qabul qilishga mutaxassislarni taklif etadi:

  • bo‘lim boshlig‘i;
  • bosh mutaxassis.

Nomzodlarga belgilangan asosiy talablar:
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment, moliya va boshqaruv sohasidagi oliy ma’lumotga (magistr yoki besh yillik ta’lim diplomi) ega bo‘lishi;
— texnika/fizika-matematika/iqtisodiyot fanlari yo‘nalishida ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lishi;
— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim yoki ilm sohasida kamida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi;
— chet tilini (ingliz yoki nemis tili) bilishi.

Nomzodlar ob’ektivka-ma’lumotnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kadrlar bo‘limiga 2015 yil 10 avgustga qadar quyidagi manzilga taqdim etishi lozim:

Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy yoki elektron pochta orqali: HR@mitc.uz.

Talab etiladigan ob’ektivka-ma’lumotnoma shakli bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibidan bilib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: 2384116, 2384143, 2384312.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq