Yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi
21.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2015 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 179-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 sentabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
Quyidagilar:
— yuridik shaxslarni – tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining «a» kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining «b» – «e» kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar;
— yuridik shaxslarni – davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining «a» – «e» kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi».
Nizomning 17-banddagi «pochta manzillari» so‘zlaridan keyin «telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tartib raqami va sanasi (ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) to‘g‘risidagi ma’lumotlari» so‘zlari qo‘shildi.