O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi
17.07.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

lib_17_07_2015

2015 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona qoshida tashkil etilgan “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jurnal kutubxonaning matbaa bo‘limida chop etildi.

Taqdimotda kutubxonachilik va kitobshunoslik sohasi mutaxassislari, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, noshirlar, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

lib_17_07_2015_1

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev “INFOLIB” — axborot-kutubxona xabarnomasi tashkil etilishining O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotida ehtiyoji va dolzarbligini ta’kidladi. U o‘z nutqida jurnalni tashkil etishdan maqsad – soha mutaxassisilarini axborot-kutubxona sohasida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida o‘tkazilayotgan islohotlarning amaliy natijasi, hukumat dasturlari va ularning amalga oshishining borishi, sohaning me’yoriy-hujjat asosini takomillashtirish ishlari, kutubxona va kutubxonachilikka oid bo‘lgan yurtimiz va xalqaro jabhalarda sohada amalga oshirilayotgan ilmiy va texnologik yangiliklar, kutubxona fondida saqlanayotgan nodir va qulyozma kitoblar va kitobxonlarni fondga kelib tushayotgan yangi adabiyotlar va vaqtli mutbuot nashrlari bilan tanishtirish ekanligini alohida aytib o‘tdi. Mazkur nashr yangiliklarni shakllantirish, ularni vazirlik va idoralar axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llashga doir g‘oyalarni muhokama qilish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

lib_17_07_2015_2

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari A. Ishmatov o‘z taqdimotida “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasi mohiyati haqida gapirdi va slaydlarda mazkur nashrning maqsadi, vazifalari va tuzilishini ko‘rgazmali sharhlab berdi. “Jurnalning mazkur sonidan o‘rin olgan “Minbar”, “Ushbu son mehmoni”, “Yangiliklar”, “Amaliyot”, “Me’yoriy hujjatlar”, “Meros”, “Muhim sanalar”, “Voqealar”, “Yangi adabiyotlar”, “Statistika”, “Savol-javob” kabi ruknlarda barcha kutubxonalar foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda duch keladigan savollar yoritiladi. Jurnal sahifalarida mutaxassislar sohadagi yangiliklarga, AKT rivojlanishi sharoitlarida kutubxonalar faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, milliy bibliografiyani shakllantirish an’analari, kutubxona fondlarinng boyishi, zamonaviy multimedia bazasining yaratilishi jarayoni, foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamiga nisbatan fikr almashadilar, unda shuningdek, soha mutaxassislari uchun uslubiy ko‘rsatmalar ham chop etiladi,” dedi A.Ishmatov.

lib_17_07_2015_3

Taqdimotda, shuningdek, respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi ilmiy-uslubiy bo‘lim rahbari R.Ratner, t.f.d. E.Oxunjonov va f.f.d. E.Umarovlar so‘zga chiqdilar. Ular O‘zbekiston Milliy kutubxonasini, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarini, jurnal noshirlarini va kutubxona foydalanuvchilarini soxa mutaxassislarini kasbiy huquqiy bilimlarga bo‘lgan talablarini qondiruvchi, ularni soxaga doir yangiliklari va O‘zbekiston va xorij tajribasi bilan tanishtiruvchi jurnalning ilk soni bilan muborakbod etdilar.

Taqdimot tashkilotchilari ishtirokchilar va OAV vakillarining jurnal adadi, tarqatilish ko‘lami, obuna bo‘lish imkoniyatlari va maqola berish yo‘l-yo‘riqlariga doir savollariga javob berdilar va kelgusi sonlarida e’tiborga olinajak tavsiyalar va takliflarni tingladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq