Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringi
16.07.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning iyun oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 145 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari monitoringdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring natijasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan YIDXP orqali taqdim etilayotgan 705 ta interaktiv davlat xizmatlari to‘la qonli amalga oshirilayotganligi, qolgan 26 ta interaktiv davlat xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan to‘liq amalga oshirilmayotganligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli ma’lumot taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq