UZEX birjaning mobil ilovasi joriy etildi
11.07.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

uzex_10_07_2015

Birjaning brokerlari va mijozlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda birja savdolarida axborot-kommunikasiya texnologiyalar (AKT)ni tatbiq etish orqali oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining mutaxassislari tomonidan UZEX mobil ilovasi ishlab chiqildi va joriy etildi.

Ushbu dasturning dastlabki sinov varianti birjaning tovar segmentidagi savdo ishtirokchilari uchun savdoga qo‘yilgan lotlar, tuzilgan bitimlar hamda birjaning hisob-kliring palatasi (HKP)dagi ikkilamchi hisobining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan bepul foydalanish imkoniyatini beradi.

Ushbu dastur orqali mijozlar yoki ularning brokerlari ayni vaqtdagi hisob holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu jumladan, birja savdolarida xarid qilingan tovar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan pul miqdorini bilib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, mobil ilova birja savdolariga qo‘yilgan lotlarning minimal va maksimal qiymatlari, o‘zlarini qiziqtirgan tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mobil qurilma orqali olish  hamda har hafta birjaning maxsus axborot portalida qo‘yib boriladigan yangiliklar bilan tanishish imkoniyatini yaratadi.

UZEX mobil ilovasi bepul hisoblanadi va hozirgi kunda Android operasion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun mavjud.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq