“Yagona oyna” markazlarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
10.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_10_07_2015

Tadbirkorlik subyektlariga “Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari keyingi yil muqaddimasida o‘z faoliyatini boshlaydi. Shu munosabat bilan ayni paytda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bir qator uchrashuvlar doirasida markazlarni tashkil etish to‘g‘risidagi hukumatning qaror loyihasi hamda eng qulay va oson ish mexanizmlarni joriy etish masalasi muhokama qilindi.

“Yagona oyna” markazlarning tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining UP-4725 raqamli “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini ta’minlash, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asoslangan.

Rejaga ko‘ra, mazkur markazlar 2016-yilning yanvar oyidanoq shahar, tuman hokimliklari huzurida mavjud bo‘lgan 193ta tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha inspeksiyalar negizida yaratiladi. Ushbu inspeksiyalar dastlab hukumat qaroriga binoan tashkil etilganini eslatib o‘tamiz.

uz_10_07_2015_1

Butun respublika bo‘ylab mazkur inspeksiyalarda tegishli o‘zgartirishlar joriy etilib, ularga aniq vazifa va majburiyatlar berilishi ko‘zda tutilgan. Ular uchun elektron ma’lumot tizimi asosida boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha aniq mexanizm ham ishlab chiqiladi. Mazkur markazlar barqaror ravishda ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli moliyalashtirish chora-tadbirlari ham ishlab chiqilishi rejaga kiritilgan.

Ayni paytda “Yagona oyna” markazlarining aholi, tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari bilan bog‘lanish bo‘yicha tartibini izohlab berish, joylashuvini aniqlash, moddiy texnika va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va boshqa tegishli masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston biznes forumi” qo‘shma loyihasi va bir qator boshqa idoralar tomonidan ushbu masalalarni hal etuvchi huquqiy-me’yoriy baza yaratish ustida ish olib borilmoqda. “Yagona oyna” markazlarida samarali xizmat ko‘rsatish yuzasidan vazirliklar, turli idoralar o‘z tavsiyalarini berishmoqda.

uz_10_07_2015_2

Endilikda bir qator davlat xizmatlari faqat “Yagona oyna” markazlari orqali amalga oshirilishini aytib o‘tish muhim. Bu orqali maxsus davlat xizmatlari ro‘yxatida belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish va tegishli arizalarni ko‘rib chiqishda davlat idoralarining mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, “Bir darcha” markazlari orqali ariza yuborishda xudud va boshqa sabablar tufayli yuzaga keluvchi cheklovlarni bartaraf etish maqsad qilingan.

uz_10_07_2015_3

“Yagona oyna” Yagona markazlarining tashkil etilishi fuqorolarga bir joyda davlat xizmatlaridan foydalanishga imkoniyat beradi. Davlat organlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoni bo‘lmasada, ruhsatnoma berish va boshqa ma’muriy jarayonlarini ancha osonlashtirishga yordam beradi”, — dedi Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston biznes forumi” qo‘shma loyihasi rahbari Bahodir Bekov.

Savdo-sanoat palatasi va Sirg‘ali, Mirzo Ulug‘bek tumanlarining hokimliklari qoshidagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha inspeksiyalarda o‘tkazilgan tadbirlarda “Yagona oyna” markazlari orqali xizmat ko‘rsatadigan vazirliklar va idoralarning vakillari istirok etdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq