“Daryo”ni Telegram orqali osongina o‘qing!
10.07.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

dar_10_07_2015

Endi “Daryo” yangiliklarini Telegram messenjeri orqali o‘qishingiz mumkin! Buning uchun Telegram’da @daryobot‘ni qidiring va “Start” tugmasini bosing. Shunda yangiliklar sizga Telegram orqali yuboriladi.

“Ushbu imkoniyat ‘Daryo’ yangiliklaridan boxabar bo‘lishni yanada qulaylashtiradi”, — deydi nashr rahbari Farhod Fayzullayev.

Telegram orqali “Daryo” yangiliklarini yuborish messenjerning 3.0 versiyasida taqdim etilgan Bot API yordamida amalga oshiriladi. Bu API Telegram yaratuvchilari tomonidan 24-iyun kuni e’lon qilingan edi.

“Daryo” yangiliklarini uzluksiz qabul qilish uchun Telegram’ni so‘nggi versiyagacha yangilashni tavsiya qilamiz.

Mabodo messenjer orqali xabarlarni qabul qilishni xohlamay qolsangiz (mabodo-da), /stop buyrug‘ini yuboring va @daryobot‘ni o‘chirib tashlang. Umid qilamiz-ki, siz hech qachon bu ishni qilmaysiz :-)

Eslatib o‘tamiz, “Daryo” O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashr hisoblanadi. Iyun oyida saytga 570 000, yil boshidan buyon esa 2 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq