“O‘zbekturizm” MKda “O‘zbekiston” yo‘l ko‘rsatkichi namoyishi
09.07.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

tur_9_07_2015

Bugun “O‘zbekturizm” MK binosida “O‘zbekiston” yo‘l ko‘rsatkichi elektron variantining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Yo‘l ko‘rsatkich “Rus gidi. Poliglot” nashr seriyasi doirasida “Marakanda Expedition” kompaniyasining buyurtmasi bo‘yicha «Ayaks-Press» bilan hamkorlikda nashr qilinishi rejalashtirilmoqda va yo‘l ko’rsatkich asosan Rossiya sayyohlari va sayyohlik kompaniyalari uchun mo‘ljallangan.

Nashr tirajining umumiy miqdori -10 ming namunada beriladi. Ushbu so‘rovnoma 2015 yilning sentyabr oyida nashr qilinishi rejalashtirilmoqda.

Oxirgi vaqtlarda Rossiyadan yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning sezilarli darajada oshishi Rossiya tur kompaniyalari va agentliklari uchun O‘zbekiston asosiy sayyohlik yo‘nalishiga aylanganligini hisobga olgan holda, yo‘l ko‘rsatkichning yaratilishi va Rossiya va O‘zbekiston turizm bozori uchun zarur va dolzarb jarayon hisoblanadi.

So‘rovnoma Rossiya kitob magazinlari, chakana savdo tarmoqlari, supermarket tarmoqlari, xalqaro aeroportlarda joylashgan savdo maskanlarida, «duty-free» magazinlarida, sayyohlik agentliklarida, internet-magazinlarda va kitob ko‘rgazmalarida savdoga chiqariladi.

140 sahifadan iborat bo‘lgan ushbu yo‘l ko‘rsatkich Rossiyalik sayyohlarni mamlakatimizdagi sayyohlik marshrutlari, ko‘zga ko‘ringan joylari, muzeylari, mehmonxonalari va restoranlari, ayniqsa mamlakat madaniyati, aholi urf-odatlari va an’analari bilan tanishtiruvchi, shuningdek amaliy maslahatlar beruvchi manba sifatida nashr qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Yo‘l ko‘rsatkich 3 bo‘limdan iborat bo‘ladi.

Birinchi o‘rinda “Sayyohatni rejalashtirish” bo‘limida Rossiyalik sayohatchilar mamlakatimizning iqlimi, sayyohlik mavsumlari, O‘zbekistonning transport tizimi, faol dam olishning turlari, bolalar bilan dam olish imkoniyatlari haqida bilib olishingiz mumkin.

“Mamlakat va aholi” bo‘limida mamlakat tabiati, madaniyati va dini to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Shiningdek milliy an’analar, ovqatlar va ichimliklari, respublikaning bayramlari va festivallari to‘g‘risida gapirilib o‘tilgan.

“O‘zbekiston bo‘yicha mashrutlar” bo‘limida 9 ta eng taniqli sayyohlik mashrutlari bo‘yicha ma’lumotlar berilib, ular asosan Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkentning tog‘ yon-bag‘rilarida joylashgan kurortlar, Shimoliy va Janubiy O‘zbekiston (Nukus, Qashqadaryo, Surxondaryo), Farg‘ona vodiysi, Zomin va Aydarkul maskanlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilgan.

Shuningdek yo‘l ko‘rsatkichga O‘zbekiston va Toshkentning flip-xaritasi ilova qilingan. Namoyishda ishtirok etganlar, ko‘zga ko‘ringan olimlar, siyosatchilar va jurnalistlar yo‘l ko‘rstkichning asosiy mazmun-mohiyati, tuzilishi, dizayni to‘g‘risida umumiy fikrlarini bildirib, ushbu qo‘llanma nafaqat Rossiya sayohatchilariga balki boshqa mamlakatlardan tashrif buyurayotgan sayohatchilar uchun ham asosiy qo‘llanma bo‘la olishini ta’kidlashdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq