IELTS sertifikatini olishga ulgurmayotganlarga Toshkent shahridagi Inha universitetidan qo‘shimcha imkoniyatlar!
07.07.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

inha_7_07_2015

Toshkent shahridagi Inha universitetiga 26 iyul kuni matematika va fizikadan kirish imtihonlarini topshirish uchun IELTS sertifikatiga ega bo‘lish kerak edi. Lekin yaqin orada topshirilgan IELTS imtihonlari natijalari kech chiqishi tufayli 17 iyulgacha ro‘yxatdan o‘tishga ko‘pchilik ulgura olmayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun o‘qish niyatida bo‘lgan yoshlarga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etish maqsadida, hamda ota-onalardan tushgan ko‘plab taklif va iltimoslarni inobatga olib, quyidagi yangiliklarni ma’lum qilamiz.

inha_7_07_2015_1  inha_7_07_2015_2

inha_7_07_2015_3  inha_7_07_2015_4

Birinchidan, 17 iyulgacha onlayn ro‘yxatdan o‘tib, lekin IELTS sertifikatini 25 iyul kunigacha topshirish sharoiti yaratildi. Ya’ni, asosiy imtihondan bir kun oldin bo‘ladigan orientatsiya kunida sertifikatni olib kelish mumkin. Bu esa iyul oyining o‘rtalarida IELTS topshirgan abiturientlarga qo‘shimcha imkoniyatdir.

inha_7_07_2015_5

Ikkinchidan, umuman IELTS sertifikati bo‘lmaganlar uchun oxirgi bor 15 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining qo‘shimcha ingliz tili imtihoni tashkil etilmoqda. Shuni unutmangki, Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan IELTS/TOEFL dan sertifikati bo‘lmagan, avvalgi ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha imtihonlarni o‘tkazib yuborgan yigit-qizlar uchun yana bir ajoyib imkoniyat berilmoqda!

inha_7_07_2015_6

Yana bir bor eslatib o‘tamiz:

1. Ingliz tilidan qo‘shimcha imtihon topshirish uchun onlayn tarzda www.inha.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: 2015 yil, 13 iyul, soat 17-00 gacha.
2. Ingliz tilidan imtihon kuni: 2015 yil, 15 iyul, 08-00.
3. Ingliz tilidan imtihon javoblari: 2015 yil, 16 iyul.

Ingliz tilidan IELTS/TOEFL sertifikati bo‘lmagan yoshlar uchun Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘qish uchun so‘nggi imkoniyat. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, aziz yoshlar!

Muallif: Karimov Ibrokhim

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq