Yagona portalda jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi xizmatlari
06.07.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_6_07_2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Xalq bankining yuridik shaxslar va fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish, shuningdek, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga pensiya badallari reyestrlarini qabul qilish va qayta ishlash xizmatlari ishga tushirildi.

Endilikda yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin Yagona portal orqali jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga qo‘yish, shuningdek, o‘z xodimlarini jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga,yuridik shaxslarga Yagona portal orqali jamg‘aribboriladigan pensiya tizimiga ishtiroketuvchi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrini yuborish imkoniyati yaratildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq